UzGoal
Sport Yangiliklari

⚽️ Jamoalarimiz yig'inlarga nega matbuot xizmatini olib bormaydi?

2 daqiqa 0
Telegram
⚽️ Jamoalarimiz yig'inlarga nega matbuot xizmatini olib bormaydi?

O'zbekiston futbol klublari xorijiy yig'inlarga nega matbuot kotibi va fotografni olib ketmasligi haqida tahliliy maqola.

Mamlakatimizning ko'plab futbol klublari yangi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yuborishdi. Ba'zi jamoalar o'z viloyatlarida shug'ullanayotgan bo'lsa, boshqalari Farg'ona shahrida o'tkazilayotgan Farg'ona viloyati hokimi Kubogida ishtirok etmoqda. O'zbekiston klublari orasida birinchilardan bo'lib amaldagi mamlakat chempioni Paxtakor xorijiy yig'inga yo'l oldi. Toshkentning Sherlar jamoasi 21 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga uchib ketdi va u yerdagi tayyorgarlikni 5 fevralga qadar davom ettiradi.

Shu o'rinda jamoaning xorijiy safar delegatsiyasi tarkibi e'tiborimizni tortdi, chunki bu muammo deyarli barcha mahalliy klublarimizga tegishlidir. Futbolda mayda narsaning o'zi yo'q, buni hamma aytadi-yu, lekin amalda ko'pincha rioya qilinmaydi. Har qanday professional jamoani muxlislar va ommaviy axborot vositalari bilan bog'lab turuvchi asosiy bo'g'in bu matbuot xizmatidir. Afsuski, ko'plab klublarimizda matbuot xodimlariga yetarli darajada e'tibor qaratilmaydi. Paxtakor so'nggi yillarda o'z matbuot xizmati uchun kerakli texnikalarni xarid qilgan bo'lsa-da, nima emishki, Dubabdagi yig'inga na matbuot kotibi va na klub fotografi olib ketildi.

Vaholanki, mamlakatimizning boshqa jamoalari ham xorijda yig'inlar rejalashtirgan. Masalan, Lokomotiv hamda Navoiyning Qizilqum klublari 28 yanvardan 12 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida birgalikda charter reysda tayyorgarlik ko'rishadi. Olmaliqlarning AGMK jamoasi 7-8 fevraldan 20-21 fevralga qadar Dubayda yig'in o'tkazsa, Namanganning Navbahor klubi ham Turkiyaga safar uyushtiradi. Xorijda yig'in o'tkazish uchun klublar tomonidan juda katta mablag'lar sarflanadi. Shuncha xarajat qilinayotgan bir paytda, matbuot kotibi va klub fotografidan iborat ikki nafar xodimni ham qo'shib ketish qiyin masala emas.

Aslida aynan shu xodimlar jamoaning yig'inlaridan qiziqarli suratlar va jonli reпортажlarni keng jamoatchilikka yetkazib turishi kerak. Holat shuni ko'rsatmoqdaki, operatorlar masalasi boshqacharoq, chunki u bosh murabbiyning muhim yordamchisi sifatida har doim safarga istisnosiz olib ketiladi. Murabbiy mashg'ulotlar va nazorat o'yinlarini tahlil qilishda aynan operator xizmatiga tayanadi. Biroq matbuot xizmatining alohida xodimlari chet elga deyarli umuman jalb etilmaydi va ayrim klublar hatto chet eldagi yig'in vaqtida telefon orqali olingan past sifatli suratlarni e'lon qilish bilan kifoyalanib kelmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin