
18 yoshli amerikalik tennischap Iva Jovich Gvadalaxara turniri finalida Peyton Stearnsni mag‘lub etib, o‘z chempionlik unvonini saqlab qoldi.
0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Asaka Textiles klaster korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz hududlari bo‘ylab sayohati doirasida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif dasturidagi dastlabki manzil "Asaka Textiles" klaster korxonasi bo‘ldi. Ilgari qarovsiz yotgan bu hududda davlat rahbarining ko‘magi bilan bosqichma-bosqich yangi inshootlar barpo etilib, 2022-yilning avgust oyida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Qiymati 83 million AQSh dollarini tashkil etgan mazkur loyiha tufayli xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur klaster Andijon viloyatining Ulug‘nor va Jalaquduq hamda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanlarida jami 11 ming 200 gektar yerda paxta yetishtiradi. Shundan 2,7 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan. Asaka shahridagi zavod Shveysariya, Italiya, Turkiya, Germaniya va Yaponiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, yiliga 11 ming tonna ip-kalava, 8 ming tonna mato ishlab chiqarish, shuningdek, mahsulotlarni bo‘yash va tayyor trikotaj tayyorlash quvvatiga ega. Bugungi kunda mazkur majmuada 3,2 ming nafar kishi mehnat qilmoqda.
Korxonada xorijiy hamkorlar talablariga mos keladigan sifat nazorati o‘rnatilgan va bo‘yash tsexidan chiqadigan suvlarni tozalash inshooti ishga tushirilgan. Hozirgacha klaster tomonidan 102 million dollarlik loyihalar bajarilib, yiliga 50 million dollarlik eksport salohiyati yaratildi. Kelgusida Ulug‘nor tumanida 70 ming tonna paxta tolasini qayta ishlaydigan zavod hamda trikotaj va paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada yana 1,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Tashrif davomida Andijon viloyati misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi ham taqdim etildi. Unga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlarini 15 foizga kamaytirish, qo‘shilgan qiymatni 65 foizga oshirish, dizaynerlar maktabini tashkil etish va taniqli brendlarni jalb qilish orqali tarmoq eksportini 800 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Prezident qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini rivojlantirish, yerning unumdorligini hamda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini oshirish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, davlat rahbari korxonada mehnat qilayotgan, o‘z tumanida yuqori maoshli ish o‘rinlari paydo bo‘lgani sababli migrantlikdan qaytgan tikuvchilar bilan suhbatlashdi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

18 yoshli amerikalik tennischap Iva Jovich Gvadalaxara turniri finalida Peyton Stearnsni mag‘lub etib, o‘z chempionlik unvonini saqlab qoldi.
0 0

Angliya Premyer-ligasining 5-turida "Manchester Siti" o'z uyida "Sanderlend"ni 5:3 hisobida mag'lub etib, peshqadamlikni saqlab qoldi.
0 0

Xose Mourinoning Real Madrid jamoasi Atletikoga 1-2 hisobida yutqazib, peshqadam Barselona bilan farqni olti ochkoga yetkazdi.
0 0

Transfermarkt portali 2026-yil oktabr oyida bo'lib o'tadigan guruh bosqichining 4-tur o'yinlari taqvimini e'lon qildi.
0 0