UzGoal
Sport Yangiliklari

KGB josusining Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘rashi 🕵️‍♂️

1 daqiqa 0
Telegram
KGB josusining Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘rashi 🕵️‍♂️

1954 yilda SSSR elchixonasi xodimi va KGB josusi Vladimir Petrovning Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘rashi tarixi haqida.

1954 yil 3 aprel sanasida Sovet Ittifoqining Kanberradagi elchixonasida faoliyat yuritgan va KGB xodimi bo‘lgan Vladimir Petrov Avstraliya hukumatiga siyosiy boshpana olish uchun murojaat qildi. Ushbu murojaat ijobiy hal etilib, josus Avstraliya maxfiy xizmatlariga muhim ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu holat xalqaro miqyosda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib, SSSR bilan diplomatik aloqalarning uzilishiga olib keldi.

Tarix davomida sovet tuzumidagi bosimlar, erkinlikning yo‘qligi va qattiq nazorat sababli ko‘plab fuqarolar xorijdan boshpana topishga majbur bo‘lgan. Ularning bir qismi ochiq isyon ko‘tarib, boshqalari esa xorijiy xizmat safarlari chog‘ida vatanga qaytishdan bosh tortgan. Ana shunday shaxslardan biri sifatida Kanberrada elchining uchinchi yordamchisi niqobi ostida ish olib borgan Vladimir Petrovni ko‘rsatish mumkin.

Asl ismi Afanasiy Shoroxov bo‘lgan bu shaxs dastlab komsomol tashkilotida ish boshlab, keyinchalik xavfsizlik idoralariga o‘tgan. U o‘z faoliyati davomida bir necha bor ism-sharifini o‘zgartirib, 1929 yilda Vladimir Proletarskiy, 1942 yilda esa Vladimir Petrov nomini olgan. Turli yillarda Xitoy va Shvetsiyada maxfiy topshiriqlarni bajargan ayg‘oqchi, 1951 yilda rafiqasi bilan birga Avstraliyaga yuboriladi.

Kanberrada uch yil ishlagach, Petrov Avstraliyadan boshpana so‘rash rejasini tuzadi. Bu ishda unga josus ekanini oldindan bilgan polyak millatiga mansub Mixail Byalogurskiy yordam beradi. Petrov o‘zining va rafiqasining xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshpana arizasini Avstraliya hukumatiga yashirin ravishda topshiradi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin