
Pedri Lionel Messi tariximizdagi yagona ekanini aytib, "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
0 0

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kecha, 5-fevral kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari Xitoy poytaxtidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida Xitoy rahbari davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, unga qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgani uchun minnatdorlik izhor etdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti taklif va ko‘rsatilgan ehtirom uchun tashakkur bildirib, Xitoy rahbariyati hamda do‘st xalqini Olimpiadaning juda yuqori saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi. Tadbir bugungi Xitoyning ulkan muvaffaqiyatlarini ko‘rsatib bergani alohida ta'kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik hamda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan dolzarb masalalarni batafsil muhokama qildilar. Yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaat prinsiplariga asoslangan davlatlararo aloqalar bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ma'lum qilinishicha, 2021-yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi rekord ko‘rsatkichga yetgan. Shuningdek, Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalar miqdori 9 milliard dollarni tashkil etgan. Hozirgi kunda Xitoyning yetakchi banklari va kompaniyalari ishtirokida sanoat, kimyo, energetika hamda AKT yo‘nalishlarida yuqori texnologik loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Tomonlar «yashil» iqtisodiyot, sun'iy intellekt, raqamlashtirish va elektron savdo sohalaridagi salohiyatni ro‘yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Shuningdek, kambag‘allik hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda Xitoy tajribasini o‘rganish va tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Pedri Lionel Messi tariximizdagi yagona ekanini aytib, "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
0 0
Mashhur sharhlovchi Dmitriy Guberniyev Yelena Valbvening chet elliklar Rossiyadagi Spartakiadadan havas qilishi haqidagi so'zlariga izoh berdi.
0 0

1954 yilda SSSR elchixonasi xodimi va KGB josusi Vladimir Petrovning Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘rashi tarixi haqida.
0 0

Toshkentdagi yigʻilishda iqlim oʻzgarishi va energiya oʻtish davriga xususiy sarmoyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
0 0