Aleksandr Tarxanov "Ural"ning "Torpedo" ustidan qozongan g‘alabasini va jamoaning RPL jadvalidagi imkoniyatlarini baholadi.
0 0

O‘zbekistonda liftlar xavfsizligini ta'minlash, ularni sertifikatlash va dispetcherlik xizmatlariga ulash talablari kuchaytirilmoqda.
O‘zbekistonda sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda jamoat xavfsizligini ta'minlash hamda sifat nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat mamlakatimizga keltirilayotgan va foydalanilayotgan lift uskunalari bo‘yicha qator muhim o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Xususan, joriy yilning 1-dekabridan e'tiboran muvofiqlik sertifikatisiz xorijdan keltiriladigan liftlar, eskalatorlar, travolatorlar, shuningdek, sanoat uchun mo‘ljallangan havo sovutish va isitish qozonlarini bojxona rejimiga kiritish taqiqlanishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylardagi hamda o‘rnatilishi rejalashtirilgan barcha obyektlardagi liftlar ekspluatatsiyaga topshirilishidan avval tegishli dispetcherlik xizmatiga ulanishi shart bo‘ladi.
Kelasi yilning 1-yanvaridan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish va rekonstruksiya loyihalarini loyihalashtirish chog‘ida respublikamizda ishlab chiqariladigan liftlar, eskalatorlar, travolatorlar va sanoat moslamalaridan ustuvor darajada foydalanish talabi qo‘yiladi. Xorijdan olib kelinadigan bunday uskunalarni laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazish hamda ularga muvofiqlik sertifikatini berish jarayonini nazorat qilish vazifasi Sanoat xavfsizligi nazorati inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuklatiladi.
Shu bilan birga, 2024-yil boshiga qadar respublikaning barcha hududlarida ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlashini nazorat qiluvchi hamda ularning uzluksiz xizmat ko‘rsatishini ta'minlaydigan dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish topshirildi. Shuningdek, liftlarning texnik holatini elektron dastur orqali nazorat qilish, yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor hisobga olish va foydalanilayotgan liftlar reyestrini yuritish tizimi ishga tushiriladi.
Hujjat doirasida liftlar xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentga ham qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, har bir lift kabinasida uzluksiz kuzatuv va favqulodda vaziyatlarda masofadan boshqarish uchun videokamera, elektr ta'minoti uzilganda ham o‘z ichiga olgan holda favqulodda holatlarda kabinani birinchi qavatga tushirib eshiklarni ochuvchi avtomatik tizim hamda dispetcherlik xizmati bilan bog‘lanish moslamasi bo‘lishi majburiy etib belgilanmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.
Aleksandr Tarxanov "Ural"ning "Torpedo" ustidan qozongan g‘alabasini va jamoaning RPL jadvalidagi imkoniyatlarini baholadi.
0 0

2026-yilgi Formula 1 mavsumida Kimi Antonelli Mercedes yetakchisiga aylanib, Jorj Rasselni ortda qoldirmoqda.
0 0

Jahon va o'zbek sportidagi so'nggi xabarlar, transferlar, murabbiylar bayonotlari hamda futbol yangiliklari sharhi.
0 0

Ispaniya Kubogining 1/16 finalida «Deportivo La Korunya» va «Mallorka» jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
0 0