UzGoal
Sport Yangiliklari

Lamine Yamal Golden Boy 2024 gʻolibi 🌟

1 daqiqa 0
Telegram
Lamine Yamal Golden Boy 2024 gʻolibi 🌟

Barcelona yulduzi Lamin Yamal Yevropaning 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofotini qoʻlga kiritdi.

Barcelona klubining oʻn yetti yoshli iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal Yevropaning eng yaxshi yosh oʻyinchisiga topshiriladigan nufuzli Golden Boy mukofotining egasiga aylandi. Bu haqda Tuttosport nashriga tayanib xabar berildi.

Mutaxassislar va muxlislar uchun Yamalning bu sovrinni qoʻlga kiritishi kutilmagan yangilik boʻlmadi. Ispaniya terma jamoasi safida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan va Barcelona safida ishonchli oʻyin koʻrsatgan yosh futbolchi ushbu mukofot uchun kurashda yaqqol favorit sifatida e'tirof etilayotgan edi.

Ayni paytda uni afsonaviy Lionel Messining munosib vorisi sifatida baholashmoqda. Hatto argentinalik yulduzning Barcelona klubidagi raqami ham hozirda mazkur yosh iqtidor egasiga oʻtgan.

Ma'lumot uchun, Golden Boy sovrini 2003 yildan buyon Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga taqdim etib kelinadi. Unda yoshi yigirma bir yoshdan oshmagan oʻyinchilar ishtirok etishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ushbu nufuzli mukofot Real Madrid yarim himoyachisi Jud Bellingemga nasib etgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin