UzGoal
Sport Yangiliklari

Shomurodovdan dubl, “Bashakshehir”da g‘alaba! ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Shomurodovdan dubl, “Bashakshehir”da g‘alaba! ⚽

Turkiya Superligasining 6-turida “Bashakshehir” o‘z uyida “Genchlerbirligi”ni 4:0 hisobida yengdi, Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.

Turkiya Superligasining oltinchi turi doirasida qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda “Bashakshehir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi” jamoasini qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv to‘laligicha mezbonlarning ustunligi ostida o‘tib, yakunda Istanbul jamoasi raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

Bahsning boshidayoq mezbonlar faollik ko‘rsatib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldishdi. Uchrashuvning to‘qqizinchi daqiqasida Skov Olsen raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shundan so‘ng ustunlikni saqlab qolgan “Bashakshehir” yana hujumga o‘tdi va 33-daqiqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Ivan Brnichning uzatmasini golga aylantirib, farqni ikkitaga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘lim ham maydon egalarining faolligi bilan boshlandi. 53-daqiqada Deyvi Selke belgilangan penaltini aniq bajarib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. O‘yinning 66-daqiqasiga kelib esa Eldor Shomurodov yana bir bor o‘z nomini tablo yozdirib qo‘ydi va uchrashuvdagi ikkinchi golini urib, yakuniy natijani o‘rnatdi.

Ushbu uchrashuvda “Bashakshehir” safida to‘p surayotgan ikkala o‘zbekistonlik futbolchi ham qatnashdi. Xususan, 77-daqiqada Abbosbek Fayzullayev Ivan Brnichning o‘rniga maydonga tushirilgan bo‘lsa, ikkita gol muallifiga aylangan Eldor Shomurodov aynan shu daqiqada o‘rnini Berkay O‘zjanga bo‘shatib berdi.

Mazkur g‘alaba “Bashakshehir”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi va jamoa turnir jadvalida 12-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Hisobida yettita ochkosi qolgan “Genchlerbirligi” esa turnir jadvalida 13-o‘ringa pastladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin