
2021-yilning yanvar-may oylarida Xitoyda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari, jumladan shamol va quyosh stansiyalari barqaror o'sish ko'rsatdi.
0 0

Barselona La Liga doirasida o'z uyida Rayo Valyekano jamoasini qabul qiladi va g'alaba evaziga farqni kengaytirishi mumkin.
Ispaniya La Ligasining navbatdagi turida peshqadam "Barselona" o'z maydonida "Rayo Valyekano" jamoasini qabul qiladi. Hozirgi kunda kataloniyaliklar turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan "Real Madrid"dan to'rt ochko oldinda bormoqda. Real Madrid o'z o'yinini yakshanba oqshomida o'tkazishi sababli, Barselona klubi bu bahsda g'alaba qozonsa, peshqasamdagi farqni vaqtincha yetti ochkoga yetkazib, raqibiga bosim o'rnata oladi.
Mezbonlar bu uchrashuvga Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqanidan keyin ko'tarinki kayfiyatda tushishadi. Xansi Flik shogirdlari musobaqaning 1/8 final javob o'yinida "Nyukasl Yunayted"ni 7-2 hisobida mag'lub etib, umumiy 8-3 hisobida keyingi bosqichga yo'l olgandi. La Ligada esa kataloniyaliklar 28 ta o'yindan so'ng 23 g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat qayd etib, 77 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
O'z navbatida, "Rayo Valyekano" ham evrokuboklardagi ishtirokini davom ettirmoqda. Poytaxt jamoasi Konferensiyalar ligasining chorak finaliga yo'llanma oldi. La Ligada esa Inigo Peres shogirdlari 28 uchrashuvda 32 ochko jamg'arib, 13-o'rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish zonasidan olti ochko uzoqlikda joylashgan. Rayo so'nggi oltita liga o'yinida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Tarkib masalasiga kelsak, "Barselona" safida Andreas Kristensen, Jyul Kunde, Alexandro Balde va Frenki de Yong jarohat sababli maydonga tusha olishmaydi. Biroq darvozabon Joan Garsiya hamda himoyachi Erik Garsiya so'nggi o'yindagi kichik jarohatlariga qaramamay jamoaga yordam berishga tayyor. Mehmonlar esa Kamp Nou stadionida oxirgi marta 2022 yilning aprelida g'alaba qozonishgan edi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

2021-yilning yanvar-may oylarida Xitoyda qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari, jumladan shamol va quyosh stansiyalari barqaror o'sish ko'rsatdi.
0 0

Barcelona yulduzi Lamin Yamal Yevropaning 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofotini qoʻlga kiritdi.
0 0

PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi va "Real" safiga o'tishi mumkinligi haqida xabar berildi.
0 0
Bokschi Kristian Mbilli 31 yoshda eng yuqori sport formasida ekanini va Kanelo uzoq faoliyati sababli eskirganini aytdi.
0 0