UzGoal
Sport Yangiliklari

NHL: "Dallas" yirik g'alaba qozondi 🏒

1 daqiqa 0
Telegram
NHL: "Dallas" yirik g'alaba qozondi 🏒

NHL pley-off bahsida "Dallas" "Minnesotani" 7:3 hisobida mag'lub etib, seriyadagi hisobni tenglashtirdi.

Milliy xokkey ligasining pley-off bahsida "Dallas Starz" va "Minnesota Uayld" jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Qiziqarli kechgan uchrashuv "Dallas" jamoasining yirik, 7:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida Roope Xints raqib darvozasiga uchta gol kiritib, het-trikka erishdi. Shuningdek, Yevgeniy Dadonov ikkita gol urib dubl qayd etgan bo‘lsa, Tyler Segin va Jeymi Benn o‘z nomlariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.

Mag‘lubiyatga uchragan "Minnesota" jamoasida esa Oskar Sundkvist, Markus Yuxansson hamda Frederik Godro gol mualliflari bo‘lishdi.

Mazkur natijadan so‘ng jamoalar o‘rtasidagi pley-off seriyasidagi umumiy hisob tenglashdi va hozirda 1:1 ko'rinishini oldi. Ushbu qarama-qarshilik doirasidagi navbatdagi uchrashuv 22-aprel kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin