UzGoal
Sport Yangiliklari

Meksikadagi o‘yinda otishma bo‘ldi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Meksikadagi o‘yinda otishma bo‘ldi ⚽

Meksikadagi havaskorlar o‘yini vaqtida sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘lib, olti kishi jarohatlandi.

Meksikaning San-Fransisko-del-Rinkon shahrida havaskor jamoalar o‘rtasidagi futbol bellashuvi paytida qurolli hujum yuzaga keldi. 13-sentyabr kuni kunduzgi soat 14:30 larda o‘yin o‘tayotgan maydonga mototsiklda kelgan ikki shaxs futbolchilar va tomoshabinlar tomon o‘t ochgan. Vahima ichida qolgan odamlar stadionni tark etishga majbur bo‘lgan.

Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, mazkur qonli hujum natijasida bir kishi jon bergan, yana olti kishi kasalxonaga yotqizilgan. Jarohat olganlar orasida o‘n ikki yoshli o‘smir ham borligi ma’lum qilindi. Hayotdan ko‘z yumgan shaxs yigirma besh yoshli Xulio Sesar bo‘lib, u fastfud sotuvchisi bo‘lib ishlagan va bo‘sh vaqtida havaskor sifatida futbol o‘ynab yurgan.

Ta’kidlash joizki, Meksika bir necha oy muqaddam Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilgan va o‘sha paytda xavfsizlik choralari eng yuqori darajada ta’minlangandi. Biroq musobaqa yakunlangach, mamlakatdagi futbol maydonlarida qurolli hujumlar yana ko‘payib ketdi. Xususan, shu yilning yanvar oyida Salamanka munitsipalitetidagi hujumda o‘n bir kishi halok bo‘lgan edi. Shuningdek, iyul oyida San-Xuan-de-Rasosda uch kishi, avgust oyida esa boshqa bir uchrashuv vaqtida yana to‘rt kishi otishma qurboniga aylangan.

Mahalliy hokimiyat vakillarining tushuntirishicha, sport maydonchalari sonining ko‘pligi barcha tadbirlarda xavfsizlikni to‘liq nazorat qilish imkonini bermaydi. Hozirda huquq-tartibot idoralari barcha sodir bo‘lgan holatlar bo‘yicha surishtiruv va tergov ishlarini olib bormoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin