UzGoal
Sport Yangiliklari

O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada bo‘ldi 🇮🇹

1 daqiqa 0
Telegram
O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada bo‘ldi 🇮🇹

O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyaning IVECO korxonasida bo‘lib, elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rgandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyaga amalga oshirgan ishbilarmonlik safari doirasida mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim muzokaralar va tanishuvlarni o‘tkazdi. "O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Tuychiev Italiyaning yirik avtomobilsozlik korxonasi — IVECO majmuasida mehmon bo‘ldi.

Ushbu safardan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, yuqori energiya samaradorligiga ega va ekologik toza elektromobillarni ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Bugungi kunda yetakchi davlatlar avtomobilsozlari ichki yonuv dvigatellarini to‘ldiruvchi elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihalarini faol amalga oshirmoqda.

Xalqaro tajribani o‘zlashtirish Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Elektromobillar laboratoriyasining samarali faoliyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Ilg‘or texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirgan holda tatbiq etish oliy o‘quv yurtiga zamonaviy va ekologik xavfsiz avtomobil texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot dasturlarini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi.

Qo‘lga kiritilgan tajriba o‘zbek avtomobilsozlik sanoatiga innovatsiyalarni jadal kiritishni ta'minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda elektromobillar uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin