"Milan" klubi "Tottenhem" himoyachisi Emerson Royalni 2028-yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma asosida o'z safiga qo'shib oldi.
0 0

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali amaliy hamkorlik va qo'shma loyihalarni muhokama qildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko o'rtasida telefon orqali muloqot bo'lib o'tdi. Suhbatning asosiy e'tibor markazida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, sheriklik loyihalarini qo'llab-quvvatlash hamda faol gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari turdi.
Muloqot davomida Belarus rahbari O'zbekistondagi prezident saylovida qo'lga kiritilgan ishonchli g'alaba munosabati bilan davlatimiz rahbariga samimiy tabriklar yo'llab, O'zbekistonga ulkan muvaffaqiyatlar va farovonlik tilaklarini bildirdi.
Suhbat chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aylanmasining ijobiy o'sish sur'ati hamda tibbiyot, farmatsevtika, to'qimachilik va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan loyihalar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Madaniy-gumanitar yo'nalishdagi aloqalarga ham alohida e'tibor qaratildi. Joriy yilning aprel oyida Belarusda O'zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o'tkazilgan bo'lsa, may oyida Toshkent shahrida qo'shma kinokartinaning premьerasi bo'lib o'tdi.
Ikki mamlakat yetakchilari O'zbekiston – Belarus Hukumatlararo komissiyasi faoliyatini yanada faollashtirish muhimligini ta'kidladilar. Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o'zaro hamkorlik masalalari ham ko'rib chiqildi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.
"Milan" klubi "Tottenhem" himoyachisi Emerson Royalni 2028-yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma asosida o'z safiga qo'shib oldi.
0 0

Yam va Arg o'rtoqlik o'yini oldidan jamoalarning holati, tarkib yangiliklari va mutaxassislar prognozi bilan tanishing.
0 0

Rutgers jamoasi o‘z uyida Howardni 44-7 hisobida mag‘lub etib, yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi va navbatdagi o‘yinga hozirlik ko‘rmoqda.
0 0

Devis Kubogi saralashining ilk kunida Ben Shelton mag'lub bo'ldi, AQSh va Chexiya terma jamoalari esa durang o'ynamoqda.
0 0