
Sobiq yarimhimoyachi Yaya Ture agar «Barselona» klubi uni «Kamp Nou»ga chaqirsa, jamoaga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
0 0

Manchester Yunayted klubi Pol Pogba bilan yangi shartnoma imzolamoqchi va futbolchidan Rojdestvoga qadar qaror qabul qilishni talab qilmoqda.
“Manchester Yunayted” jamoasi o‘zining taniqli yarim himoyachisi Pol Pogba bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish vaqti keldi deb hisoblamoqda. Klub futbolchi bilan amaldagi bitimni uzaytirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Shunga qaramay, yarim himoyachining o‘zi hozircha bu boradagi munozaralardan qochib, kelishuvni muhokama qilishni rad etmoqda.
Mankunianliklar klub rahbariyati bu holatga uzoq chidab turish niyatida emas. Britaniya matbuotining tarqatgan xabarlariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” tomoni kelgusi uch oy davomida yana muzokaralarstoliga o‘tirishga tayyorligini bildirgan.
Vaziyatning keskinlashuvi uchun aniq muddat ham belgilandi. Agar Pol Pogba Rojdestvo bayramigacha, aniqrog‘i 25-dekabrdan oldin o‘zining yakuniy qarorini ma'lum qilmasa, ingliz klubi uni o‘z saqlab qolmaslikka qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq matbuotda “Manchester Yunayted” rahbariyati o‘z yarim himoyachisiga haftasiga 400 ming funt sterling miqdorida maosh to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Sobiq yarimhimoyachi Yaya Ture agar «Barselona» klubi uni «Kamp Nou»ga chaqirsa, jamoaga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
0 0

Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Krishtianu Ronaldu MYUdagi yosh futbolchilarga qanday ta’sir qilishi haqida gapirdi.
0 0

Edin Jeko Italiya chempionatining ilk 7 o'yinida 6 ta gol urib, Ronalduning «Inter»dagi rekordini takrorladi.
0 0

“Brentford” hujumchisi Igor Tiago “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yin oldidan Serxio Aguero rekordini ko‘zlamoqda.
0 0