UzGoal
Sport Yangiliklari

Qozog‘iston ilk bor yevrokubok finaliga mezbonlik qiladi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Qozog‘iston ilk bor yevrokubok finaliga mezbonlik qiladi ⚽

UEFA 2028-yilgi Superkubok Ostonada o‘tishini ma’lum qildi va Qozog‘iston tarixida ilk bor yevrokubok finaliga mezbonlik qiladi.

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi yaqin yillardagi yevrokuboklarning hal qiluvchi finallariga mezbonlik qiluvchi shaharlarni rasman e’lon qildi. Ushbu muhim qaror UEFA Ijroiya qo‘mitasining Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilindi.

Muxlislar e’tiborini eng ko‘p tortgan jihatlardan biri — 2028-yilgi UEFA Superkubogi uchrashuvi Qozog‘istonda o‘tkzilishi bo‘ldi. Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi mazkur bahs Ostonadagi “Ostona Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa, Qozog‘iston o‘z futbol tarixida ilk bor yevrokubok finaliga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2027-yilgi Superkubok uchrashuvi Amsterdam shahridagi “Yoxan Kroyf Arena”sida tashkil etilishi belgilandi.

Shu bilan birga, Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasi bo‘lgan Chempionlar Ligasining 2027/28-yilgi mavsum finaliga Myunxendagi “Allianz Arena” stadioni mezbonlik qiladi. 2028/29-yilgi mavsumning hal qiluvchi bahsi esa Barselonadagi mashhur “Kamp Nou” o‘yingohida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Qolaversa, Yevropa Ligasining 2027/28-yilgi finalini Buxarestdagi “Milliy” stadion qabul qilsa, 2028/29-yilgi mavsum finali Belgraddagi “Milliy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Konferensiyalar Ligasining ushbu mavsumlardagi hal qiluvchi o‘yinlari esa navbati bilan Turindagi “Yuventus” stadioni hamda Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da o‘tkazilishi rasman tasdiqlandi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin