
FIDE Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida viza va mehmonxona muammolariga duch kelgan jamoalarga moliyaviy kompensatsiya to‘laydi.
0 0

“Real” futbolchilari Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Ibrohim Konate Seuta shahrini qo‘llab-quvvatlash aksiyasini boykot qildi.
Madridning “Real” klubi futbolchilari Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Ibrohim Konate Ispaniyaning migrantlar oqimidan aziyat chekayotgan Seuta shahrini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiyani o‘ziga xos tarzda boykot qilishdi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.
Mazkur voqea Ispaniya chempionati doirasida “Elche”ga qarshi kechgan va “qirollik klubi”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsdan oldin yuz berdi. Uchrashuv avvalida “Real” o‘yinchilari maydonga “Todos somos Caballas” deb yozilgan maxsus futbolkalarda chiqib kelishdi. Bu shior xalq tilida Seuta aholisini anglatadi. Biroq Mbappe, Vinisius va Konate futbolkani ko‘kragigacha ko‘tarib, undagi yozuvni ataylab yashirishga harakat qilishdi.
Tarqalgan videolavhalarda ushbu futbolchilar raqib jamoa vakillari bilan salomlashish marosimidan oldinroq maxsus futbolkalarni yechib tashlaganini ham ko‘rish mumkin. Hozircha uchala futbolchi ham o‘zlarining bu xatti-harakatlari sabablarini ochiqlagani yo‘q.
Ma’lumot uchun, 30-iyuldan e’tiboran Seuta shahriga marokashlik qochqinlarning ommaviy oqimi yopirila boshlagan edi. Ularning asosiy qismi chegarani suzib o‘tib, kichik qayiqlar va puflanadigan balonlar yordamida yetib kelgan. Mahalliy hokimiyat organlari hududga kirib kelgan noqonuniy migrantlar soni qariyb 70 ming nafarga yetganini ma’lum qilgan.
Bundan oldinroq “Betis” klubining marokashlik hujumchisi Abde Ezzalzuli ham xuddi shunday Seutani qo‘llab-quvvatlovchi yozuv tushirilgan libosda maydonga tushgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchragan edi. Shundan so‘ng futbolchi o‘z harakatida hech qanday siyosiy maqsad yoki o‘z xalqiga nisbatan hurmatsizlik yo‘qligini aytib, izoh berishga majbur bo‘lgandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

FIDE Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida viza va mehmonxona muammolariga duch kelgan jamoalarga moliyaviy kompensatsiya to‘laydi.
0 0

UEFA 2028-yilgi Superkubok Ostonada o‘tishini ma’lum qildi va Qozog‘iston tarixida ilk bor yevrokubok finaliga mezbonlik qiladi.
0 0

O‘zbekiston Kubogining 1/8 final o‘yinlari yakunlanib, chorakfinalga chiqqan 8 ta jamoa nomi hamda qur'a sanasi ma'lum bo‘ldi.
0 0

OCHL-2 doirasida Bahraynda “Al-Haldiya” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida kechgan 1-tur uchrashuvi durang bilan yakunlandi.
0 0