
Manchester Siti Norvich ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, Liga kubigining to‘rtinchi bosqichiga yo‘l oldi.
0 0

Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻzbekiston futzal boʻyicha milliy terma jamoasi Vengriyaga qarshi safar oʻrtoqlik oʻyinida muvaffaqiyat qozondi. Ushbu uchrashuv Vengriyaning Budaers shahrida tashkil etilib, keskin kurashlarga boy oʻtdi.
Oʻyin taqdirini yagona gol hal qildi. Oʻzbekiston futzal federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, uchrashuvdagi yagona toʻpni 11-daqiqada Ilhomjon Hamroev raqib darvozasiga kiritdi va jamoamizni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi boʻlimda mezbonlar faollashib, hujumlarni kuchaytirdilar va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Oʻyin yakuniga besh daqiqa qolganida Vengriya murabbiylar shtabi darvozabonni maydondan olib, uning oʻrniga beshinchi oʻyinchi taktikasidan foydalandi. Shunga qaramay, Oʻzbekiston futzalchilari himoyada toʻgʻri harakat qilib, minimal ustunlikni saqlab qolishdi. Oʻyin oxirlarida esa jamoamizni darvoza ustuni ham qutqarib qoldi.
Qayd etish joizki, jahon reytingida Oʻzbekiston 21-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Vengriya terma jamoasi 30-pogʻonadan joy olgan. Vengriya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur jamoalar 19 sentyabr kuni shu maydonning oʻzida ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida ham oʻzaro bahslashadilar. Ushbu javob uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Manchester Siti Norvich ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, Liga kubigining to‘rtinchi bosqichiga yo‘l oldi.
0 0

Shtutgart oʻz uyida Leptsig ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi, mehmonlar esa ikki nafar futbolchisidan ayrildi.
0 0

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o'yinlari futbol turnirining ikkinchi turida Xitoy bilan durang o'ynab, g'alabani boy berdi.
0 1

Kilian Mbappe agar imkoniyati bo'lsa, Krishtianu Ronaldu, Zidan va Ronalduni "Real"ga qaytarishini aytdi.
0 0