UzGoal
Sport Yangiliklari

Mbappe "Real"ga qaytarmoqchi bo'lgan afsonalar ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Mbappe "Real"ga qaytarmoqchi bo'lgan afsonalar ⚽

Kilian Mbappe agar imkoniyati bo'lsa, Krishtianu Ronaldu, Zidan va Ronalduni "Real"ga qaytarishini aytdi.

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe agar imkoniyati bo'lganda, Madrid klubiga yana qaysi sobiq yulduzlarni qaytargan bo'lishini ma'lum qildi. Bu haqda AS nashri xabar berib o'tdi.

Fransiyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, agar buning iloji bo'lganida, u Krishtianu Ronaldu, Zinedin Zidan hamda Ronalduni "Real"ga qaytargan bo'lardi. Mbappe Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytishi mumkinligi, Zizu hanuzgacha vaqti-vaqti bilan to'p surib turishi hamda Ronalduning mahorati hech qachon so'nmasligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Ushbu uchala taniqli futbolchi "Real" afsonalari sanaladi. Hujumchining fikricha, ular qirollik klubiga juda ko'p narsa berishgan va shu kungacha ham Madrid jamoasi muxlislarida ulkan hurmat uyg'otishda davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Kilian Mbappe barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, o'z nomiga sakkizta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Hozirgi kunda futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt internet portalining ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik hujumchining hozirgi kundagi umumiy bozor qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin