"Patriots" markaziy o'yinchisi Devid Endryus yelka jarohati sababli mavsum oxirigacha operatsiya qilinishini hal qilmoqda.
0 0

Qozog‘iston terma jamoasi JCh-2022 saralashida Fransiya, Ukraina, Finlyandiya va Bosniya bilan D guruhidan joy oldi.
Shveysariyaning Tsyurix shahrida futbol bo‘yicha 2022 yilgi Qatarda o‘tadigan jahon chempionati saralash turnirining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir natijasiga ko‘ra, Qozog‘iston milliy terma jamoasi D guruhidan joy oldi va o‘z raqiblarini bilib oldi.
Qozog‘istonliklar guruh bosqichida Fransiya, Ukraina, Finlyandiya hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. E’tiborlisi, Qozog‘iston terma jamoasi Fransiya va Bosniya va Gersegovina jamoalari bilan shu paytgacha kattalar darajasida umuman o‘ynamagan. Fransiya esa ayni paytda amaldagi jahon chempioni maqomiga ega.
Ukraina terma jamoasi bilan qozog‘istonliklar avvalroq 2006 va 2010 yilgi jahon chempionatlari saralashida to‘qnash kelgan. O‘shanda o‘tkazilgan to‘rtta o‘yinning barchasida ukrainaliklar zafar quchgan edi. Finlyandiya bilan esa uchta uchrashuv o‘tkazilgan bo‘lib, Kiprdagi xalqaro turnirda durang (penaltilar seriyasida Qozog‘iston g‘alaba qozongan) qayd etilgan va Yevro-2008 saralashida ikkita mag‘lubiyat yuzaga kelgan.
Yevropa zonasidagi JCh-2022 saralashi an’anaviy guruh bosqich formatida tashkil etiladi. Unga ko‘ra beshta oltita va beshta beshta jamoadan iborat guruhlar hosil qilingan. Guruhdagi barcha jamoalar 2021 yilning martidan noyabrigacha bo‘lgan davrda o‘zaro uy va safar uchrashuvlarini o‘tkazadilar.
Guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan o‘nta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan o‘nta jamoa esa pley-off bosqichida qatnashadi. Shuningdek, saralash orqali chiqa olmagan Millatlar ligasining reyting bo‘yicha eng yaxshi ikkita guruh g‘olibi ham qo‘shimcha ravishda pley-offga qo‘shiladi. 12 ta jamoa 2022 yil mart oyida o‘tish o‘yinlarida qatnashib, Qatarga yo‘l oladigan so‘nggi uchta Yevropa vakilini aniqlab beradi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.
"Patriots" markaziy o'yinchisi Devid Endryus yelka jarohati sababli mavsum oxirigacha operatsiya qilinishini hal qilmoqda.
0 0
Formula 1 va NASCAR chempionatlarining so'nggi yangiliklari, jumladan Jorj Rassellning Bokudagi g'alabasi hamda Fernando Alnosoning kelajagi haqida.
0 0

AZAL oktyabr oyidan Samarqandga qatnov ochadi va Boku-Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar sonini haftasiga 5 martagacha oshiradi.
0 0

Tom Bredi va Peyton Mennینگ NFL ligasidagi eng yaxshi chorak himoyachilarni saralab, o'zlarining kuchli uchlik va to'rtliklarini e'lon qilishdi.
0 0