Formula 1 va NASCAR chempionatlarining so'nggi yangiliklari, jumladan Jorj Rassellning Bokudagi g'alabasi hamda Fernando Alnosoning kelajagi haqida.
0 0

AZAL oktyabr oyidan Samarqandga qatnov ochadi va Boku-Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar sonini haftasiga 5 martagacha oshiradi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Samarqanddagi ShHT sammitidagi ishtiroki Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Ushbu siyosiy va iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanib borishi fonida ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha faol ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, oktabr oyining boshidan boshlab Ozarbayjonning milliy aviatashuvchisi bo‘lgan AZAL kompaniyasi O‘zbekistonning yana bir ko‘hna shahriga qatnovlarni boshlashni rejalashtirgan. Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandga parvozlar haftasiga ikki marotaba — har hafta seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Ozarbayjon havo yo‘llari Boku-Toshkent-Boku yo‘nalishida bajariladigan parvozlar chastotasini oshiradi. Unga ko‘ra, endilikda ushbu yo‘nalishdagi reyslar haftasiga 5 martagacha ko‘paytiriladi.
Hozirgi vaqtda ikki poytaxt o‘rtasidagi muntazam parvozlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari bajarilmoqda. Tez orada esa bu ro‘yxatga payshanba va yakshanba kunlari ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.
Formula 1 va NASCAR chempionatlarining so'nggi yangiliklari, jumladan Jorj Rassellning Bokudagi g'alabasi hamda Fernando Alnosoning kelajagi haqida.
0 0

Qozog‘iston terma jamoasi JCh-2022 saralashida Fransiya, Ukraina, Finlyandiya va Bosniya bilan D guruhidan joy oldi.
0 0

Tom Bredi va Peyton Mennینگ NFL ligasidagi eng yaxshi chorak himoyachilarni saralab, o'zlarining kuchli uchlik va to'rtliklarini e'lon qilishdi.
0 0

Boks va MMA olamidagi so'nggi yangiliklar, yaqinlashib kelayotgan chempionlik janglari hamda o'tgan turnirlar natijalari e'lon qilindi.
0 0