Superliganing 21-turidan o‘rin olgan «Surxon» hamda «Navbahor» uchrashuviga ishqibozlar bepul kiritiladi. 🎟 Klub rahbariyati muxlislarning ko‘plab istaklarini inobatga olib shunday qarorga keldi. Asomiddin Hofizov boshchiligidagi faol muxlislar bahsda o‘zgacha muhit hosil qilish uchun qator tashabbuslarni tayyorlamoqda. Agar jamoa g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida bir necha pog‘onaga yuqorilashi mumkin. 📈 Bahoriy va qiziqarli kechishi kutilayotgan uchrashuv 3-oktyabr kuni soat 16:00 da boshlanadi.