
RB jamoasi poygachisi Yuki Sunoda hamyurti Kamui Kobayashining Formula 1 dagi rekordlarini yangilab, jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilgan.
0 0

Mika Hakkinen Hindistondagi ilk FIA sertifikatiga ega MIKA kartodromining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Mashhur avtopoygachi Mika Hakkinen Hindiston janubida xalqaro talablarga javob beradigan ilk kartodromning ochilish marosimida qatnashdi. Chennay shahridan qirq kilometr uzoqlikdagi ushbu sport majmuasi Xalqaro avtomobil federatsiyasining rasmiy sertifikatiga ega bo‘lib, mamlakatda avtosport rivojiga katta turtki berishi kutilmoqda.
Obyekt Madras International Karting Arena deb nomlangan bo‘lib, uning qisqartirilgan MIKA qismat taqozosi bilan taniqli fin poygachisining ismi bilan hamohang keladi. Singapur Gran-priga ketayotib yo‘l-yo‘lakay Chennayga to‘xtagan ikki karra jahon chempioni marosimda maxsus mehmon bo‘ldi. Shuningdek, tadbirda Hindiston sharafini Formula 1da ilgari himoya qilgan Narain Kartikeyan va Karun Chandxoklar ham qatnashishdi.
Tantanali ravishda lentalarni kesgan Mika Hakkinen uzunligi 1,2 kilometrlik yangi trassada ilk sinovlarni o‘tkazdi. U yosh sportchilar bilan muloqot qilib, chempion bo‘lish uchun qanday qiyin bosqichlarni bosib o‘tish kerakligi haqida o‘z maslahatlarini ulashdi. Shuningdek, u g‘alabalardan bosh aylanishi emas, balki mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilib, his-tuyg‘ularni jilovlay bilish muhimligini ta'kidladi.
Matbuot va yosh kartingchilar bilan uchrashuvdan so‘ng Hakkinen, Kartikeyan hamda Chandxok maxsus tayyorlangan elektr kartlarda namoyishkorona poyga uyushtirishdi. Mehmonlar yangi trassaning xavfsizlik standartlariga to‘la mos kelishi, burilishlarning qiziqarliligi va jahonning eng ilg‘or majmuralaridan kam emasligini alohida e'tirof etishdi.
Britaniyaning Driven International kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan majmua zamonaviy boshqaruv markazi, sun'iy yoritish tizimi hamda elektr kartlarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlangan. Ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishida maslahatchi sifatida qatnashgan Karun Chandxokning hissasi katta bo‘ldi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

RB jamoasi poygachisi Yuki Sunoda hamyurti Kamui Kobayashining Formula 1 dagi rekordlarini yangilab, jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilgan.
0 0

15-17 may kunlari bo'lib o'tadigan MotoGP, Formula E, NASCAR va boshqa motorsport musobaqalarining teletranslyatsiyalar jadvali bilan tanishing.
0 0

L’Equipe nashri 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofotiga da’vogar asosiy besh nafar futbolchi nomini e’lon qildi.
0 0

Wigan Warriors klubi Salford Red Devils ustidan 64:0 hisobida g'alaba qozonib, Superligada League Leaders' Shield sovrinini saqlab qoldi.
0 0