UzGoal
Sport Yangiliklari

"Nasaf"ning OCHL-2 dagi рақиби ким? 🦁

2 daqiqa 0
Telegram
"Nasaf"ning OCHL-2 dagi рақиби ким? 🦁

"Nasaf"ning OCHL-2 musobaqasi 1-turidagi raqibi Bahraynning "Al Xaldiya" klubi haqida batafsil ma'lumotlar bilan tanishing.

"Nasaf" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining birinchi turida Bahraynning "Al Xaldiya" klubiga qarshi bahs olib boradi. Keling, ushbu jamoaning tarixi, yutuqlari va hozirgi holati bilan yaqindan tanishamiz.

"Al Xaldiya" Bahrayn futbolidagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. Mazkur klub 2020-yil 27-oktabrda tashkil etilgan bo'lib, qisqa davr ichida mamlakatning yetakchi jamoalaridan biriga aylanishga ulgurdi. Muxlislar orasida "Bahrayn sherlari" nomi bilan tanilgan ushbu jamoa o'z uy uchrashuvlarini Riffa shahridagi 24 mingdan ortiq tomoshabinga mo'ljallangan Bahrayn Milliy stadionida o'tkazadi.

O'zining qisqa tarixi davomida klub bir qator muhim sovrinlarni qo'lga kiritdi. "Al Xaldiya" ikki karra Bahrayn chempioni, ikki karra mamlakat Qirol kubogi hamда to'rt karra Superkubok egasi hisoblanadi. 2022/23 va 2023/24-yilgi mavsumlarda ketma-ket chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa, 2025/26-yilgi mavsumda 54 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi (chempion "Al Muharraq" 55 ochko jamg'argandi).

Xalqaro maydonda "Al Xaldiya" shu vaqtgacha OFK musobaqalarida 15 ta uchrashuv o'tkazib, shundan 5 tasida g'alaba qozongan, 4 marta durang o'ynagan va 6 bor mag'lub bo'lgan. Jamoaning eng yaxshi natijasi 2024/25-yilgi mavsumga to'g'ri kelib, ular OCHL-2 guruh bosqichidan o'tib, nimchorak finalgacha yetib borgan va Eronning "Traktor" klubiga imkoniyatni boy bergan edi. O'tgan mavsumda esa jamoa guruhda qolib ketgandi.

Hozirgi kunda "Al Xaldiya"ni xorvatiyalik mutaxassis Goran Tomich boshqarmoqda. Yoze transfer oynasida jamoa tarkibi sezilarli darajada kuchaytirildi. Xususan, Janubiy Afrika terma jamoasi yarim himoyachisi Patrik Maswanganyi, shimoliy makedoniyalik himoyachi Darko Velkovski, marokashlik Abdelhak Assal va Valid Sabbar hamda xorvatiyalik Domagoj Drojek safga qo'shildi. Shuningdek, Gleyson Moreira va mahalliy futbolchilar Mehdi Humaydan hamda Mohamed Adel muhim o'yinchilar sirasiga kiradi.

Yangi mavsumni ham yuqori ruhda boshlagan "Al Xaldiya" Bahrayn chempionatining dastlabki uch turida 7 ochko jamg'ardi. Jamoa "Al Najma"ni 7:2, "Al Ahli"ni 3:1 hisobida yengib, "Al-Riffa" bilan durang o'ynadi va raqiblar darvozasiga 10 ta gol kiritdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin