UzGoal
Sport Yangiliklari

♟️ Shaxmat Olimpiadasi: Barcha jamoalarimiz g'alaba bilan boshladi

1 daqiqa 0
Telegram
♟️ Shaxmat Olimpiadasi: Barcha jamoalarimiz g'alaba bilan boshladi

Butunjahon shaxmat Olimpiadasining ilk turida O'zbekistonning erkaklar va ayollar o'rtasidagi barcha oltita terma jamoasi g'alaba qozondi.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari qizg'in pallaga kirdi. Musobaqaning ilk turida mamlakatimiz nomidan ishtirok etayotgan erkaklar va ayollar o'rtasidagi jami oltita terma jamoaning barchasi raqiblari ustidan muvaffaqiyat qozonib, startni ajoyib tarzda boshladi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda asosiy tarkibimiz Yamajka jamoasini 4:0 hisobida yengdi. Bunda Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovlar o'z o'yinlarida zafar quchishdi. O'zbekiston ikkinchi jamoasi Afg'onistonni 3:1 hisobida yenggan bo'lsa, uchinchi jamoamiz Mali terma jamoasini 3.5:0.5 hisobida taslim etdi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda ham vakillarimizning ustunligi yaqqol sezildi. Birinchi terma jamoamiz Trinidad va Tobago shaxmatchilarini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda Gulruxbegim Toxirjonova, Umida Omonova, Nilufarxon Imomqo'ziyeva va Guldona Karimovalar o'z raqiblarini taslim etishdi.

Shuningdek, qizlarimizning ikkinchi jamoasi Togo ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchinchi terma jamoamiz esa Tanzaniya shaxmatchilariga umuman imkon qoldirmay, 4:0 hisobida zafar quchdi va musobaqadagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin