UzGoal
Sport Yangiliklari

«Real» va «Barselona» iste'dodli o'smirga ko'z tikdi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
«Real» va «Barselona» iste'dodli o'smirga ko'z tikdi ⚽

«Real» va «Barselona» «Manchester Siti» bilan kelishuvi bor 16 yoshli Kavan Sallivanni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ispaniyaning ikki grand klubi – Madridning «Real» hamda «Barselona» jamoalari AQSh chempionatida to'p surayotgan yosh iste'dod egasiga e'tibor qaratmoqda. Gap «Filadelfiya Yunon» sharafini himoya qilayotgan 16 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Kavan Sallivan haqida bormoqda. Mutaxassislar uni o'z avlodining eng istiqbolli futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etishmoqda.

Xalqaro OAV tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda Ispaniya grandlari ushbu amerikalik futbolchining holati va imkoniyatlari bilan qiziqib, tegishli ma'lumotlar so'ragan. Biroq, qiziqishlarga qaramay, Sallivanning o'z oldiga qo'ygan rejalari o'zgarmagan. U faoliyatini aynan Angliyaning «Manchester Siti» klubida davom ettirish niyatida qat'iy turibdi.

Eslatib o'tamiz, yosh yarim himoyachi 2024 yilda «Filadelfiya» klubi tarixidagi eng yosh tarbiyalanuvchi sifatida 2028 yilgacha mo'ljallangan rekord darajadagi shartnomaga imzo chekkan edi. Mazkur kelishuv yosh futbolchining yoshi Yevropaga ko'chib o'tishga ruxsat bergan pallada ingliz klubiga rasman o'tishini nazarda tutadi. «Real» va «Barselona» klublarining faolligi esa hozircha futbolchining kelajakdagi rejalariga ta'sir ko'rsatgani yo'q.

Kavan Sallivan o'z vaqtida MLS tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan. U o'zining ilk debyutini 14 yoshu 293 kunligida amalga oshirgan edi. Shuningdek, 2026 yilgi mavsum davomida yarim himoyachi «Filadelfiya» asosiy tarkibidan mustahkam o'rin egallab, AQSh milliy terma jamoasidan chaqiruv olishga ham yaqin keldi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin