UzGoal
Sport Yangiliklari

«Arsenal» qishda ikki futbolchi bilan xayrlashishi mumkin ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
«Arsenal» qishda ikki futbolchi bilan xayrlashishi mumkin ⚽

«Arsenal» klubi qishki transferlar oynasida Meytlend-Naylz va Muhammad Elneni bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Londonning «Arsenal» klubi kelasi qishki transferlar oynasi vaqtida o‘zining ikki nafar futbolchisini sotib yuborishi yoki boshqa jamoaga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. «The Sun» nashrining xabar berishicha, bu safar ingliz klubini Meytlend-Naylz hamda Muhammad Elneni tark etishni istamoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur futbolchilar qishki transferlar davrida o‘zlari uchun munosib bo‘lgan hamda ularni muntazam ravishda asosiy tarkib o‘yinchisiga aylantira oladigan yangi jamoa qidirishni maqsad qilishgan. Ushbu holat ularning joriy jamoasidagi kam o‘yin amaliyoti bilan bevosita bog‘liq.

Jumladan, yigirma to‘rt yoshli ingliz futbolchisi yozgi transferlar vaqtida «Everton» bilan kelishishga urinib ko‘rgan edi. Biroq uning ushbu harakati transfer oynasining so‘nggi daqiqalarida bosh murabbiy Mikel Arteta tomonidan to‘xtatib qolingan. Shunga qaramay, u yangi mavsum boshlanganidan buyon atigi bir marta maydonga tushirilgan xolos.

Shuningdek, yigirma to‘qqiz yoshli misrlik yarim himoyachi Muhammad Elnenining ham London klubidagi ishlari ko‘ngildagidek emas. Hozirgi vaqtda jamoaga unga asosiy raqobatchi sifatida Sambi Lokonga olib kelingan. Elnenining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Hozirgi kunda klub rahbariyati va futbolchi o‘rtasida yangi bitim yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin