UzGoal
Sport Yangiliklari

Osiyo o‘yinlari: Ayollarimiz durang o‘ynadi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Osiyo o‘yinlari: Ayollarimiz durang o‘ynadi ⚽

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari 1-turida Filippin bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026-yilgi Osiyo o‘yinlaridagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Yaponiya hududidagi Aichi va Nagoya shaharlarida tashkil etilayotgan yirik musobaqaning guruh bosqichini vakillarimiz durang natija bilan boshlashdi.

Kotrina Kulbite shogirdlari “G” guruhining dastlabki turida Filippin termasiga qarshi bahs olib bordi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda tomonlar harakatlari teng keldi va yakunda g‘olib aniqlanmadi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga o‘n daqiqa qolganda hamyurtlarimiz hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvdagi golimizga 80-daqiqada Mehribon Egamberdiyeva mualliflik qildi. Shundan so‘ng g‘alabani saqlab qolishga harakat qilgan terma jamoamiz uchrashuv yakunlanishiga oz fursat qolganda raqibga imkon berib qo‘ydi. Bellashuvning 89-daqiqasida Natali Kollins gol urib, Filippin jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, joriy Osiyo o‘yinlarida 12 ta ayollar terma jamoasi uchta guruhga bo‘lingan holda bahslarni davom ettirmoqda. Guruh bahslari yakuniga ko‘ra dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni olganlar orasidan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ikkitasi chorak finalga yo‘llanma oladi.

Endi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruhdagi keyingi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Jamoa 17-sentyabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng, 21-sentyabr sanasida Gongkong jamoasiga qarshi bahs bilan guruh bosqichiga yakun yasaladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin