
Gabriel Lundberg "Partizan"ga o'tgani va Jelko Obradovich qo'ri ostida o'ynash istagi haqida gapirdi.
0 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyida Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi va kelgusi rejalar maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida bir nechta nufuzli oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tarqatgan rasmiy maʼlumotga koʻra, terma jamoamiz 1-oktyabr kuni Suriya termasiga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu yigʻin doirasida futbolchilarimiz yana ikki qitʼa grandiga qarshi bahs olib borishi oldindan maʼlum qilingan edi. Xususan, Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi 24-sentyabr kuni Fargʻona shahridagi «Istiqlol» stadionida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi safar uchrashuvi 6-oktyabr kunga belgilangan.
Hozirgi kunda terma jamoamiz Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlab, kelgusi yirik musobaqa — 2027-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik bosqichini boshlagan. Mazkur qitʼa chempionati 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqaning «B» guruhidan joy olgan boʻlib, pley-off yoʻllanmasi uchun Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar. Bundan tashqari, tarqalgan xabarlarga koʻra, «oq boʻrilar» Janubiy Koreyaga qarshi oʻyindan soʻng Lionel Messi sardorligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi ham maydonga tushishi mumkin.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Gabriel Lundberg "Partizan"ga o'tgani va Jelko Obradovich qo'ri ostida o'ynash istagi haqida gapirdi.
0 0

Dallas Cowboys murabbiyi Brayan Shottenxaymer Von Miller yig'inlarni o'tkazib yuborib faqat futbolni emas, jamoaviy muhitni ham sog'inganini aytdi.
0 0

Sport olamidagi eng so'nggi yangiliklar, futbol, xokkey, tenis va figurali uchish bo'yicha o'tkazilgan musobaqalar natijalari.
0 0

Rossiya tennisi moliyalashtiruvi, Xanchjou turniri finalchilari Medvedev va Rublyov hamda reytingdagi sensatsion o'zgarishlar haqida.
0 0