Londonliklar Unai Emeri iste'foga chiqarilganidan buyon safardagi 11 ta uchrashuvning birortasida ham mag'lubiyatga uchramadi. 📊 Mazkur seriya davomida jamoa 4 marta zafar quchib, 7 bor durrang qayd etdi. “Konchilar” mehmondagi oxirgi mag'lubiyatini 2019 yilning 9 noyabrida “Lester”ga qarshi bahsda (0:2) qabul qilib olgan edi. Ushbu o'yin ispaniyalik mutaxassis uchun jamoa boshqaruvidagi so'nggisi bo'lib, shundan so'ng u lavozimidan ozod etilgandi. 🔴