UzGoal
Sport Yangiliklari

MMDH o'yinlarida bayroqdorimiz aniqlandi 🇺🇿

1 daqiqa 0
Telegram
MMDH o'yinlarida bayroqdorimiz aniqlandi 🇺🇿

MDH o'yinlarining ochilish marosimida O'zbekiston bayrog'ini farg'onalik 14 yoshli bosqon uloqtiruvchi Muhammadaiz Nosirov ko'tarib chiqishi ma'lum bo'ldi.

Bugungi kundan e'tiboran o'z ishini boshlagan hamda o'z tarixida ikkinchi bor tashkil etilayotgan yirik xalqaro musobaqada dunyoning 22 davlatidan kelgan jami 2200 nafar sportchi turli medallar uchun bahslarga kirishdi. Ushbu nufuzli kompleks musobaqada O'zbekiston delegatsiyasi ham keng tarkibda ishtirok etmoqda. Xususan, yurtimiz sharafini 326 nafar sportchi himoya qilsa, shuningdek, o'zbekistonlik 14 nafar hakam ham mazkur musobaqada o'z salohiyatini namoyish etadi.

Ertaga "Minsk Arena" majmuasida mazkur kompleks musobaqaning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etiladi. Ushbu muhim tadbirda O'zbekiston delegatsiyasining davlat bayrog'ini stadion uzra olib o'tishdek mas'uliyatli vazifaga Muhammadaiz Nosirov munosib deb topildi va bu vazifa unga ishonib topshirildi.

Farg'onalik bo'lgan 14 yoshli yosh iqtidorli sportchi yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo'nalishida yurtimiz sharafini himoya qiladi. U shu kungacha mazkur sport turida o'zining aytishga arziydigan yaxshi natijalari bilan diqqatga sazovor bo'lib kelmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin