UzGoal
Sport Yangiliklari

♟ Shaxmat olimpiadasi: Yamayka taslim!

1 daqiqa 0
Telegram
♟ Shaxmat olimpiadasi: Yamayka taslim!

Samarqandda boshlangan shaxmat olimpiadasining ilk turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yamaykani 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli xalqaro musobaqaning ilk turida O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi Yamayka shaxmatchilariga qarshi bahs olib bord.

O‘zbekiston-1 jamoasi vakillari uchrashuv davomida yaqqol ustunlik namoyish etib, raqibga hech qanday imkon qoldirmadi. Xususan, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminov o‘z partiyalarini muvaffaqiyatli yakunlab, jamoamizga yirik g‘alabani taqdim etdi.

Mazkur bahslarning barcha juftliklarida shaxmatchilarimiz zafar quchdi. Xususan, Kristi Joshua bilan bahs olib borgan Nodirbek Abdusattorov, shuningdek, Shamsiddin Vohidov raqiblari Shou Jaden ustidan g‘alaba qozondi. Shuningdek, Nodirbek Yoqubboyev Gleyvs Rahimni, Muhiddin Madaminov esa Braun Akimni taslim etib, umumiy hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 15—27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi sharafini besh nafar tajribali shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov himoya qilmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin