UzGoal
Sport Yangiliklari

Maks Verstappen F1'ni tark etishni o'ylagan 🏎

1 daqiqa 0
Telegram
Maks Verstappen F1'ni tark etishni o'ylagan 🏎

Maks Verstappen Red Bull bilan shartnoma imzolashdan oldin F1'ni tark etishni jiddiy o'ylaganini ma'lum qildi.

To'rt karra Formula 1 jahon chempioni Maks Verstappen Red Bull jamoasi bilan o'tgan oy yangi shartnoma imzolashidan oldin chempionatni tark etish haqida jiddiy o'ylaganini tan oldi. 2030-yilgacha mo'ljallangan bitimni tuzishdan avval u nafaqaga chiqish fikrlari hamda McLaren jamoasi bilan olib borilgan muzokaralar haqida nemis matbuotiga to'xtalib o'tdi.

Bild nashriga bergan intervyusida 28 yoshli poygachi boshqa jamoalar bilan bo'lgan har qanday suhbatga jiddiy yondashish kerakligini, biroq oxir-oqibat u boshqa jamoaga o'tishdan ko'ra Formula 1'dagi faoliyatini yakunlashga ancha yaqin turganini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bunday vaziyatda tanlov ellikka ellik bo'ladi va u poygani juda sevgani bois oxir-oqibat qolishga qaror qilgan.

2021-2024-yillarda ketma-ket to'rt marta chempionlikni qo'lga kiritgan Verstappen joriy mavsumda hali birorta ham poygada g'alaba qozongani yo'q. Madridda o'tgan Ispaniya Gran-prisida ikkinchi o'rinni egallagan sportchi ayni damda shaxsiy hisobda oltinchi o'rinda bormoqda va peshqadam Kimi Antonellidan 147 ochko ortda qolmoqda. U yangi shartnomani tashqi bosim ostida imzolamagani va tanqidlar uning uchun ahamiyatsiz ekanini aytdi.

Verstappen o'ziga isbotlash kerak bo'lgan hech qasion narsa qolmaganini, chunki birinchi chempionligiyoq u istagan barcha narsani berganini ta'kidladi. U tarix kitoblari uchun emas, o'zi, jamoasi va muxlislari uchun poyga qilishini qo'shimcha qildi. Fernando Alonsodan farqli ravishda, u qirq yoshida ham poyga qilishda davom etishini kutmayapti va shunchaki rohat olguncha haydashini bildirdi. Formula 1 taqvimi ikki haftadan so'ng Ozarbayjon Gran-prisi bilan davom etadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin