
Misr futbol assotsiatsiyasi qarzdorliklar sababli uchta klubga transfer taqiqini joriy etdi.
0 0

Joze Mourino boshchiligidagi «Fenerbahche» klubi «Real Madrid» hujumchisi Rodrigoni o'z safiga qo'shib olish uchun harakatni boshladi.
Turkiyaning «Fenerbahche» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar mavsumida «Real Madrid» hujumchisi Rodrigoni o'z jamoasiga jalb etish uchun harakat boshladi. Ispaniyaning «AS» nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik tajribali mutaxassis braziliyalik yulduzni transfer bozoridagi asosiy maqsad sifatida belgilagan va uning xizmatiga jiddiy ehtiyoj sezmoqda.
«Fenerbahche» rahbariyati hujumchini ijara asosida Turkiyaga olib kelish talabini bajarishga intilmoqda. Klub futbolchini o'z safiga o'tishga ko'ndirish uchun bor kuchini sarflamoqda, biroq bu borada raqobat juda yuqori. Xususan, Angliyaning «Arsenal», «Liverpul» va «Manchester Siti» kabi grand klublari ham braziliyalik futbolchiga da'vogarlik qilmoqda va uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
«Real Madrid» safida asosiy tarkib o'yinchisi sanalgan Rodrigo kelajagini qayta ko'rib chiqishiga Kilian Mbappe kabi yulduz futbolchilarning jamoaga kelib qo'shilgani sabab bo'lishi mumkin. Hozirda uning «Santyago Bernabeu»dagi kelajagi to'liq aniq emas. Shuningdek, Madrid klubi ustozi Xabi Alonso futbolchini klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi rejalariga kiritmagani va boshqa o'yinchilarga tayanishni afzal ko'rgani malum bo'ldi.
Turk klubi futbolchidan ijobiy javob olgach, «Real Madrid» bilan rasmiy muzokaralarga kirishishni rejalashtirmoqda. Ayni damda Yevropaning bir nechta yetakchi jamoalari transfer bozoridagi ushbu vaziyatdan foydalanib qolishga urinmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Misr futbol assotsiatsiyasi qarzdorliklar sababli uchta klubga transfer taqiqini joriy etdi.
0 0

Barselona yarim himoyachisi Dani Olmoning yangi mavsum oldidan Real Madrid va transferlar haqida aytgan so‘zlari muhokamalarga sabab bo‘ldi.
0 0

Real Madrid klublar o‘rtasidagi JCh sababli yangi mavsum oldidan faqat bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini eʼlon qildi.
0 0

Lando Norris Ispaniya Gran-prisida xavfsizlik mashinasi tufayli qariyb 20 soniya yo'qotgani va qoidani o'zgartirishni talab qilgani haqida.
0 0