UzGoal
Sport Yangiliklari

Real Madrid bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Real Madrid bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi ⚽

Real Madrid klublar o‘rtasidagi JCh sababli yangi mavsum oldidan faqat bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini eʼlon qildi.

2025-2026-yilgi mavsum oldidan Real Madrid klubi odatdagidan farqli ravishda to‘liq tayyorgarlik jarayonini o‘tkaza olmaydi. Bunga jamoaning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashgani sabab bo‘lgani maʼlum qilindi.

Shu munosabat bilan juma kuni rasmiy bayonot eʼlon qilgan Madrid klubi yangi mavsum oldidan atigi bitta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishini tasdiqladi. Mazkur bahs Avstriyaning Tirol jamoasiga qarshi o‘tkazilishi belgilandi.

Klub bayonotiga ko‘ra, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi 12-avgust seshanba kuni Avstriyadagi 17 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Tivoli stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoa futbolchilari esa jahon chempionatining yarim finaliga chiqqanidan so‘ng, 4-avgust dushanba kuni mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda.

Real Madrid rahbariyatining Ispaniya chempionati uchrashuvini qoldirish haqidagi so‘rovi rad etilgan. Shu sababli jamoa yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 19-avgust kuni Osasunaga qarshi o‘tkazadi.

Avstriyaning Tirol jamoasiga qarshi bahs qirollik klubining yangi mavsum oldidagi yagona o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi ushbu yagona imkoniyatdan maksimal darajada unumli foydalanishga harakat qiladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin