
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining ilk turida Filippinni 5:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi.
0 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oldinda turgan FIFA kunlari doirasida oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazishni rejalashtirgan. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, terma jamoamiz joriy yilning 1-oktyabr sanasida Suriya milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur yigʻin doirasida boshqa raqiblar bilan ham oʻyinlar tashkil etilishi avvalroq eʼlon qilingan edi. Unga koʻra, 24-sentyabr kuni Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadioni Eron terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuviga mezbonlik qiladi. Shundan soʻng, 6-oktyabr kuni vakillarimiz safarda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagach, endilikda asosiy eʼtiborni 2027-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlikka qaratmoqda. Ushbu qitʼa birinchiligi kelasi yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Musobaqaning qur’a natijalariga koʻra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamiz “B” guruhidan joy olgan. Ular guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtish uchun Bahrayn, Shimoliy Koreya hamda Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahslar oʻtkazishi belgilangan.
Shu bilan bir qatorda, matbuotda “oq boʻrilar” Janubiy Koreyaga qarshi oʻyindan keyin Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi bilan ham oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi mumkinligi haqida maʼlumotlar tarqalgan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining ilk turida Filippinni 5:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi.
0 0

O'zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiya bilan bahs olib boradi.
0 0

Paxtakor klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elita bosqichining 1-turida safarda Al-Ahli bilan durang o'ynab, sensatsiya qayd etdi.
0 0

Sobiq skaut Nikolas Chinalli “Manchester Yunayted”ga Abduqodir Husanovni sotib olishni tavsiya qilganini ma'lum qildi.
0 0