
Paxtakor klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elita bosqichining 1-turida safarda Al-Ahli bilan durang o'ynab, sensatsiya qayd etdi.
0 0

McLaren rahbari Zak Braun agar mashina natijalari yaxshilanmaganda Lando Norris jamoani tark etishi mumkin bo'lganini tan oldi.
"McLaren" jamoasining amaldagi rahbari Zak Braun britaniyalik yosh poygachi Lando Norrisni boy berib qo'yish ehtimoli bo'lganini istisno etmadi. Ma'lumki, Lando va Uoking shahridagi jamoa o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2025-yilning yakuniga qadar tuzilgan bo'lib, uning xizmatlariga boshqa raqobatdosh jamoalar ham qiziqish bildirayotgani sir emas.
Zak Braunning fikricha, agar mavsumning dastlabki yarmidagi ko'rsatkichlar saqlanib qolganda va bolidni modernizatsiya qilish evaziga natijalar keskin o'smaganda, Lando boshqa jamoaga o'tib ketishi mumkin edi. Rahbar jamoa avvalgi sur'atda davom etgan taqdirda, o'zi ham Lando o'rnida bo'lganida "McLaren" safida qolishni istamasligini ochiq tan oldi.
Bugungi kunda Norris transfer bozoridagi eng xaridorgir poygachilardan biri sanaladi. Ayrim yetakchi jamoalar kelgusida, jumladan Lyuis Hemilton yoki Serxeso Peresning kelajagi va Mercedes kabi top-jamoalarning keyingi rejalari qanday bo'lishini hozircha aniq bilishmaydi. Shu bois, Lando ko'rsatayotgan yuqori natijalarni hisobga olgan holda, u barcha potensial jamoalarning qiziqishlar ro'yxatida yaqqol yetakchilik qilmoqda.
Shunga qaramamay, Zak Braun britaniyalik sportchi 2025-yil yakunlanganidan keyin ham o'z faoliyatini aynan "McLaren"da davom ettirishiga qat'iy ishonmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa 2026-yilgi mavsumda boshqa raqobatchilardan hech qanday jihati bilan ortda qolmaydi. Shuningdek, Lando jamoada o'zini juda erkin his qilishi hamda jamoadoshi bilan iliq munosabatda ekani muhim omil hisoblanadi. Braun 2026-yilda ustunlikka erishishi mumkin bo'lgan to'rt-beshta jamoa orasida ularning jamoasi ham borligiga ishonch bildirdi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Paxtakor klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elita bosqichining 1-turida safarda Al-Ahli bilan durang o'ynab, sensatsiya qayd etdi.
0 0

Sobiq skaut Nikolas Chinalli “Manchester Yunayted”ga Abduqodir Husanovni sotib olishni tavsiya qilganini ma'lum qildi.
0 0

Kelgusi yildan boshlab FIA texnik nazorat vakillari jamoalar bazalariga ogohlantirmasdan borib, o'n daqiqada tekshiruv boshlaydi.
0 0

20-dekabr kuni soat 20:00 da F1News.ru bosh muharrir o'rinbosari Andrey Los ishtirokida jonli efir o'tkaziladi.
0 0