UzGoal
Sport Yangiliklari

Jon Konchar "Nyu-York Niks" bilan shartnoma imzoladi 🏀

1 daqiqa 0
Telegram
Jon Konchar "Nyu-York Niks" bilan shartnoma imzoladi 🏀

Tajribali basketbolchi Jon Konchar amaldagi chempion "Nyu-York Niks" klubi bilan shartnoma imzolab, tarkibga qo'shildi.

Tajribali basketbolchi Jon Konchar amaldagi chempion "Nyu-York Niks" klubi bilan rasman shartnoma imzoladi. ESPN xabariga ko'ra, tomonlar bir yillik kelishuv borasida kelishib olgan.

"Nyu-York" klubi Koncharni o'z safiga qo'shib olishi haqidagi xabarlar oydin boshida paydo bo'lgandi. Unga Sharqiy konferentsiyaning yana kamida uchta jamoasi - "Mayami Hit", "Toronto Raptors" va "Orlando Medjik" klublari ham da'vogarlik qilgan. Xususan, "Mayami" vakillari basketbolchi bilan muzokaralar o'tkazib, uchrashuvdan keyin o'z takliflari yuzasidan yana bog'lanishlarini aytishgan. Biroq tajribali o'yinchi ularning javobini kutmaslikni afzal ko'rgan va "Niks"ni tanlagan.

Natijada Konchar Nyu-York jamoasi bilan kafolatlanmagan "Exhibit 9" bitimini tuzdi. U yig'inda boshqa taklif qilingan o'yinchilar bilan birgalikda asosiy tarkibdagi bo'sh o'rin uchun kurash olib boradi. Ayni paytda "Nyu-York"ning asosiy shartnoma imzolangan o'yinchilari soni 14 nafarni tashkil etadi. Jamoa ikkinchi soliq chegarasiga yaqinligi sababli 15-bo'sh o'rinni to'ldirmasligi kutilmoqda. Agar Konchar yakuniy tarkibga kiritilsa, klub unga faxriylar uchun belgilangan eng kam maoshni to'laydi.

Eslatib o'tamiz, Konchar o'tgan oy oxirida "Minesota" tomonidan jamoadan ozod etilgan edi. U bungacha "Yuta"dan "Tosh Grin" almashinuvi orqali kelib qo'shilgandi. Shuningdek, u "Memfis" safida olti yarim mavsum davomida to'p surgan. O'tgan mavsumda "Grizzlies" va "Jazz" tarkibida 56 ta o'yinda qatnashgan basketbolchi har bir uchrashuvda o'rtacha 4.4 ochko, 4.3 ribaund va 2.1 uzatmani amalga oshirgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin