
Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Dastin Porye Jastin Geyjidan uchralgan mag‘lubiyat nima uchun Xabibdan qabul qilgan mag‘lubiyatdan og‘irroq bo‘lganini tushuntirdi.
UFC tashkilotining yengil vaznidagi mashhur jangchisi Dastin Porye o‘z karyerasidagi eng og‘riqli mag‘lubiyat haqida gapirib berdi. Ma’lumki, u so‘nggi jangida yana bir taniqli sportchi Jastin Geyjiga qarshi oktagonga chiqqan edi.
The MMA Hour ko‘rsatuvi chog‘ida muxlislar va mutaxassislar bilan o‘z fikrlari o‘rtoqlashgan Porye Geyjidan uchralgan mag‘lubiyatni Habib Nurmagomedovga qarshi kechgan mag‘lubiyatdan ko‘ra qiyinroq qabul qilganini ma’lum qildi. Uning tushuntirishicha, Habib o‘sha vaqtda undan kuchliroq bo‘lgan. Ammo Geyjiga qarshi jangda u o‘zidan pastroq deb bilgan raqibiga imkoniyatni boy bergan.
Dastin bu to‘qnashuvga tayyorgarlik jarayoni qanday o‘tgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u uyidan uzoqda to‘qqiz hafta davomida mashg‘ulotlar lagerida bo‘lgan. Shuningdek, sportchi o‘n bir hafta mobaynida qattiq parhezga amal qilgan va ko‘p narsalardan voz kechgan.
Jangchining qo‘shimcha qilishicha, u o‘zini ruhiy va jismoniy jihatdan g‘ayrioddiy darajada diqqat-e’tiborli hamda mukammal holatda his qilgan. U bu jang oldidan hayotidagi eng yaxshi jismoniy sport formasiga chiqqaniga ishongan edi.
Eslatib o‘tamiz, Dastin Porye va Jastin Geyji o‘rtasidagi jang joriy yilning 29 iyul sanasida AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etilgan UFC 291 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha to‘qnashuvning ikkinchi raundida Geyji raqibini kuchli zarba bilan nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Niderlandiyalik poygachi Richard Fershor 2024 yilgi Formula 2 mavsumida "Trident" jamoasi safida harakat qiladi.
0 0

Karlos Sayns o‘tgan mavsum natijalari, Singapurdagi g‘alaba, Red Bull ustunligi va kelgusi rejimlari haqida gapirdi.
0 0

Parij sudi PSG klubiga 2025 yilda hisob raqamlari muzlatilgani uchun Kilian Mbappega yirik miqdorda tovon toʻlash majburiyatini yukladi.
0 0