
Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Shamil Gaziyev UFCdagi ikkinchi jangini 2-mart kuni Saudiya Arabistonida Jairzinyo Rozenstraykka qarshi oʻtkazishi kutilmoqda.
Dunyoning eng nufuzli aralash yakkakurashlar ligasi UFC shafgʻosti ostida oʻzining ikkinchi jangini oʻtkazishga hozirlik koʻrayotgan ogʻir vaznli sportchi Shamil Gaziyevning navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi. Manbalarning xabar berishicha, Dogʻistonda tugʻilgan va Bahrayn nomidan jang qiluvchi 33 yoshli sportchi 2-mart kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan musobaqada oktagonga chiqadi.
Ushbu qiziqarli qarama-qarshilikda unga UFC ogʻir vazn toifasi reytingining oʻn ikkinchi pogʻonasidan joy olgan tajribali surinamlik nokautchi Jairzinyo Rozenstrayk raqiblik qiladi. Hozirgi vaqtda mazkur jangni rasman tasdiqlash boʻyicha muzokaralar yakuniy bosqichda bormoqda.
Shamil Gaziyev shu paytgacha magʻlubiyat nimaligini bilmagan holda harakat qilmoqda. U oʻtgan yilning dekabr oyida Las-Vegas shahridan oʻrin olgan UFC 296 turnirida muvaffaqiyatli debyut oʻtkazib, ikkinchi raundda Martin Budayni texnik nokaut evaziga taslim etgan edi.
Oʻz navbatida, 35 yoshli Jairzinyo Rozenstrayk soʻnggi toʻrt yil davomida turgʻun boʻlmagan natijalar qayd etib kelmoqda. "Bigi Boy" laqabli surinamlik jangchi oxirgi sakkizta toʻqnashuvining beshtasida magʻlubiyat alamini totib koʻrdi. U oxirgi marta oʻtgan yilning may oyida oktagonga kirib, Jailton Almeydaga qarshi bahs olib borgan va birinchi raunddayoq orqa boʻgʻish usuli bilan magʻlub boʻlgan edi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Niderlandiyalik poygachi Richard Fershor 2024 yilgi Formula 2 mavsumida "Trident" jamoasi safida harakat qiladi.
0 0

Karlos Sayns o‘tgan mavsum natijalari, Singapurdagi g‘alaba, Red Bull ustunligi va kelgusi rejimlari haqida gapirdi.
0 0

Parij sudi PSG klubiga 2025 yilda hisob raqamlari muzlatilgani uchun Kilian Mbappega yirik miqdorda tovon toʻlash majburiyatini yukladi.
0 0