
Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Frensiss Ngannu Entoni Joshua ustidan g‘alaba qozonsa ham Aleksandr Usik bilan emas, balki Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchiligini aytdi.
Og‘ir vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Frensiss Ngannu Entoni Joshua bilan bo‘lajak jangda g‘alaba qozongan taqdirda ham, ukrainalik boksch Aleksandr Usik bilan ringga chiqish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u faqat Tayson Fyuri bilan jang qilishni maqsad qilgan va britaniyalik sportchining Usik bilan jangdagi natijasi unchalik ahamiyatga ega emas.
TMZ nashriga bergan intervyusida Ngannu o‘zining asosiy nishoni aynan Tayson Fyuri ekanini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fyuri undan revansh jangini qarzdor va u raqibining g‘alaba yoki mag‘lubiyatidan qat’i nazar, baribir u bilan kuch sinashish niyatida.
Shuningdek, kamerunlik sportchi Entoni Joshuaga qarshi bo‘lajak jang oson kechmasligini yaxshi tushunadi. Uning ta’kidlashicha, Tayson Fyuri bilan o‘tkazilgan birinchi bahsda kutilmagan omil uning qo‘l kelgan bo‘lsa, Joshua uning imkoniyatlarini oldindan yaxshi biladi va unga qarshi yanada ko‘proq harakat qilish talab etiladi.
Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri hamda Aleksandr Usik o‘rtasidagi mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun jang 17-fevral kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Er-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. Frensiss Ngannu va Entoni Joshuaning o‘zaro to‘qnashuvi esa 9-mart kuni aynan o‘sha Arenada tashkil etiladi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Niderlandiyalik poygachi Richard Fershor 2024 yilgi Formula 2 mavsumida "Trident" jamoasi safida harakat qiladi.
0 0

Karlos Sayns o‘tgan mavsum natijalari, Singapurdagi g‘alaba, Red Bull ustunligi va kelgusi rejimlari haqida gapirdi.
0 0

Parij sudi PSG klubiga 2025 yilda hisob raqamlari muzlatilgani uchun Kilian Mbappega yirik miqdorda tovon toʻlash majburiyatini yukladi.
0 0