
Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

UFC jangchisi Umar Nurmagomedov uni va jamoasini dopingda ayblagan Konor Makgregorning soʻzlariga keskin javob qaytardi.
UFC tashkilotining yengil vazn toifasidagi jangchisi Umar Nurmagomedov taniqli irlandiyalik sportchi Konor Makgregorning oʻz jamoasiga qarshi aytgan ayblovlarini eʼtiborsiz qoldirmadi. Avvalroq Makgregor Rossiya vakilining jang tashkil etilmayotganidan noroziligiga izoh berib, bunga uning akasi Usmon Nurmagomedov ishtirokidagi doping mojarosi sabab ekanini aytgan va hech kim u bilan jang qilishni istamayotganini taʼkidlagandi.
Ushbu bayonotga javoban Umar Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Konor Makgregorning oʻtmishdagi qilmishlarini yodga oldi. Magʻlubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan rossiyalik sportchi irlandiyalikni antidoping agentligidan qochishda ayblab, unga keskin eʼtiroz bildirdi.
Maʼlumot uchun, irlandiyalik sobiq chempion Dastin Pore bilan jangdagi oyogʻi singanidan keyin USADA sinovlar roʻyxatidan chiqqan edi. Aynan uning harakatlari 2024-yildan boshlab UFCning AQSH antidoping agentligi bilan hamkorligini toʻxtatishida maʼlum darajada rol oʻynagani taʼkidlanadi.
Hozirda 28 yoshli Umar Nurmagomedov UFC promoushenida ketma-ket toʻrtta gʻalabaga erishib ulgurdi. Oʻzining oxirgi jangida u Raoni Barselosni birinchi raundning oʻzidayoq nokautga uchratgandi. Hozirda magʻlubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan rossiyalik jangchi 17-fevral yoki 9-mart kunlari boʻlib oʻtadigan UFC 298 yoxud UFC 299 turnirlarining birida oktagonga qaytishga tayyorligini bildirdi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Niderlandiyalik poygachi Richard Fershor 2024 yilgi Formula 2 mavsumida "Trident" jamoasi safida harakat qiladi.
0 0

Karlos Sayns o‘tgan mavsum natijalari, Singapurdagi g‘alaba, Red Bull ustunligi va kelgusi rejimlari haqida gapirdi.
0 0

Parij sudi PSG klubiga 2025 yilda hisob raqamlari muzlatilgani uchun Kilian Mbappega yirik miqdorda tovon toʻlash majburiyatini yukladi.
0 0