UzGoal
Sport Yangiliklari

Qandim GChK: choʻldagi ulkan majmua 🏗

1 daqiqa 0
Telegram
Qandim GChK: choʻldagi ulkan majmua 🏗

Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilishi, uning texnologik imkoniyatlari va qurilish jarayoni haqida batafsil maʼlumot.

Uch yil avval, 2018-yil 19-aprelda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumani choʻl hududida Qandim gazni qayta ishlash majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashgan ushbu tadbir xalqaro miqyosda katta eʼtibor qozondi. Choʻl qumlari orasida qad rostlagan mazkur ulkan sanoat obyekti yiliga 8,1 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega.

Ushbu majmua LUKOIL kompaniyasining Oʻzbekistonda amalga oshirgan eng yirik loyihasi boʻlib, unga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 3,5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish jarayonida mamlakatimizda ilk bor dunyoga mashhur yetakchi kompaniyalarning ilgʻor texnologiyalari tatbiq etildi. Jumladan, Germaniyaning BASF kompaniyasining OASE amin eritmasi, Buyuk Britaniyaning UOP kompaniyasining SELEXOL hamda Gollandiyaning JACOBS kompaniyasining SUPERCLAUS oltingugurt ishlab chiqarish texnologik jarayonlari joriy qilindi.

Majmuaning qurilishiga aynan ikki yil oldin, 2016-yil 19-aprelda tamal toshi qoʻyilgan boʻlib, oʻshandan beri ishlar bir kun ham toʻxtagani yoʻq. Gigant majmua va uning infratuzilmasini barpo etishda oʻn minglab ishchi va mutaxassislar mehnat qildi. Uskunalar va materiallar dunyoning 30 ta davlatidan, jumladan Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Italiya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Chexiya, Fransiya va Oʻzbekistondan keltirildi.

Samarli boshqaruv hamda mutaxassislarning fidokorona mehnati tufayli 50 gektardan ortiq maydonni egallagan texnologik voha belgilangan muddatdan 8 oy oldin bitkazildi. Majmua ikkita liniyadan iborat gazni qayta ishlash zavodini oʻz ichiga olib, u yerda tabiiy gaz, barqaror gaz kondensati va oltingugurt ishlab chiqariladi. Shuningdek, obyekt tarkibiga oʻnlab quduqlar, mingdan ortiq kishiga moʻljallangan va barcha qulayliklarga ega maxsus shaharcha, suv taʼminoti tizimi hamda elektr uzatish tarmoqlari kiradi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin