UzGoal
Sport Yangiliklari

Senat raisi xalqaro anjumanda nutq so'zladi 🏛

1 daqiqa 0
Telegram
Senat raisi xalqaro anjumanda nutq so'zladi 🏛

Oliy Majlis Senati raisi Rossiyadagi xalqaro anjumanda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlik muhimligini ta'kidladi.

Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi doirasida “Global chaqiruvlar va tahdidlar: COVID-19 pandemiyasi, terrorizm va zo‘ravon ekstremizm” mavzusidagi nufuzli xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi. Mazkur xalqaro anjumanda MDH PA parlament delegatsiyalari rahbarlari, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi rahbari Hendrik Dams, YeXHT PA Maxsus qo‘mitasi raisi Reynxold Lopatka, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev hamda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Gada Fathi Vali kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, yetakchi mutaxassislar ham qatnashdilar.

Konferensiya davomida ishtirokchilar terrorizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlari, jinoyat qurbonlarining huquqlarini himoya qilish hamda pandemiyaning oqibatlarini muhokama qilishdi. Shuningdek, terrorizm tahdidlari va ularning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar baholandi.

Anjumanda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva COVID-19 pandemiyasi butun jahon hamjamiyati uchun jiddiy sinov bo‘lib, milliy iqtisodiyotlar hamda sog‘ni saqlash tizimlariga salbiy ta'sir ko‘rsatgani va jamiyatdagi eng keskin muammolarni fosh etganini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Senat rahbari o‘z nutqida ijtimoiy larzalar nochor ahvoldagi kishilar, xususan, yoshlarning radikallashuvi uchun zamin yaratishini qayd etdi. Shuningdek, terrorizm ham virus kabi hech qanday davlat chegarasini tan olmasligi va barcha mamlakatlarga birdek xavf solishi aytildi. Unga qarshi choralar milliy qonunchilikka asoslanishi hamda xalqaro inson huquqlari standartlariga mos kelishi lozimligi ta'kidlandi.

O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tgan parlament yuqori palatasi rahbari so‘nggi yillarda parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanib borayotganini e'tirof etdi. Tahdidlarning xalqaro transchegaraviy xususiyatini hisobga olgan holda, davlatlararo hamkorlik omili asosiy ahamiyat kasb etishi va O‘zbekiston hamkor mamlakatlarning yanada jipslashishini yoqlashi bildirildi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin