UzGoal
Sport Yangiliklari

"Kasbining ustasi" tanlovi yakunlandi 🏆

1 daqiqa 0
Telegram
"Kasbining ustasi" tanlovi yakunlandi 🏆

Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasida LUKOIL xodimlari oʻrtasidagi "Kasbining ustasi" tanlovi finali oʻtdi.

Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasi hududida LUKOIL xodimlari oʻrtasida tashkil etilgan "Kasbining ustasi" ikkinchi tanlovining final bosqichi oʻtkazildi. Mazkur tadbir Qandim gazni ishlab chiqarish majmuasining uch yillik yubileyi arafasida oʻtkazilgani eʼtiborga molikdir. Eslatib oʻtamiz, ushbu majmuaning tantanali ochilishi 2018-yilning 19-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgandi.

Musobaqa finaliga LUKOIL kompaniyasining Oʻzbekistondagi ishlab chiqarish obyektlaridan 40 nafardan ortiq xodim yigʻildi. Shuningdek, tadbirga Energetika vazirligi vakillari va OAV xodimlari ham taklif etildi. Final bosqichida Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi sexlar bazasida oʻtkazilgan saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan beshta yoʻnalish mutaxassislari qatnashdi.

Bellashuv ikkita qismdan iborat boʻlib, unda ishtirokchilar ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy koʻnikmalarini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Gʻoliblar har ikkala sinov natijalari boʻyicha toʻplangan umumiy ballar yigʻindisiga qarab aniqlandi. Ochilish marosimida "LUKOIL Uzbekistan Operating Company" MChJ bosh direktori birinchi oʻrinbosari va bosh muhandisi Timur Gaynashin kompaniya faoliyatida samaradorlikni oshirish asosiy tamoyil ekanini taʼkidladi.

T guruhiga kiruvchi barcha tashkilotlar oʻrtasidagi kasbiy mahorat musobaqasida Qandim majmuasi elektriklar jamoasi sovrinli oʻrinni egallagani qayd etildi. Tanlov yakunlariga koʻra, elektr jihozlarini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektrik, elektr va gaz payvandchi, neft va gaz qazib chiqarish operatori, kimyoviy tahlil laboranti hamda texnologik jihozlarni taʼmirlash ustasi yoʻnalishlari boʻyicha eng yaxshilar aniqlandi. Gʻoliblarga faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi, shuningdek, ular kasbiy mahorati uchun oylik maoshiga ustama olishadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin