
Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

KORU Pharmaceuticals kompaniyasi O'zbekistonga COVID-19 testlarini insonparvarlik yordami sifatida taqdim etdi.
O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari KORU Pharmaceuticals Co., Ltd. kompaniyasi bosh direktori Roman Vernidub bilan uchrashuv o'tkazdilar. Dunyo axborot agentligi tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi bu ikkinchi muloqot bo'lib, avvalroq ham mazkur kompaniya rahbari O'zbekistonga insonparvarlik yordami yuborgan edi. O'shanda Qoraqalpog'iston Respublikasiga Janubiy Koreyaning CALTH kompaniyasining COVID-19 ni aniqlashga mo'ljallangan 500 ta ekspress-test to'plami yetkazib berilgandi.
Muzokaralar chog'ida Roman Vernidub KORU Pharmaceuticals o'zining insonparvarlik aksiyasini davom ettirayotganini ma'lum qildi. Unga ko'ra, O'zbekistonga umumiy qiymati 16 000 AQSh dollariga teng bo'lgan yana 2 000 ta COVID-19 test to'plamini beg'araz taqdim etish haqida qaror qabul qilindi. Kompaniya rahbari O'zbekiston tomoni bilan farmatsevtika sohasida, shuningdek, tibbiy, estetik va terini yoshartirishga mo'ljallangan kosmetika mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha faol hamkorlik qilish niyatida ekanini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida Roman Vernidub elchixonaning navbatdagi insonparvarlik yordamini Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlariga yuborish taklifini ma'qulladi. U O'zbekiston bilan hamkorlik yanada mustahkamlangani sari respublikaning barcha hududlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli ishlar davom etishini bildirdi. Mazkur tibbiy yuk O'zbekiston havo yo'llarining navbatdagi reysi orqali mamlakatimizga jo'natiladi.
Ma'lumot uchun, KORU Pharmaceuticals Co., Ltd. 2014 yilda Seul shahrida tashkil etilgan bo'lib, tibbiy, estetik va terini yoshartirishga oid kosmetika vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning o'z ilmiy-tadqiqot markazi mavjud bo'lib, u AQSh va Ispaniyadagi tadqiqot kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Hozirgi kunda mazkur korxona 200 turdagi mahsulotlarini 80 dan ortiq davlatga, jumladan, O'zbekistonga ham eksport qilmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Niderlandiyalik poygachi Richard Fershor 2024 yilgi Formula 2 mavsumida "Trident" jamoasi safida harakat qiladi.
0 0

Karlos Sayns o‘tgan mavsum natijalari, Singapurdagi g‘alaba, Red Bull ustunligi va kelgusi rejimlari haqida gapirdi.
0 0

Parij sudi PSG klubiga 2025 yilda hisob raqamlari muzlatilgani uchun Kilian Mbappega yirik miqdorda tovon toʻlash majburiyatini yukladi.
0 0