UzGoal
Sport Yangiliklari

Klopp hakamlikdan shokda! 🤯

1 daqiqa 0
Telegram
Klopp hakamlikdan shokda! 🤯

Yurgen Klopp "Tottenhem"ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin hakamlarning adolatsiz qarorlarini keskin tanqid qildi.

"Liverpul" jamoasi Angliya Premer-ligasining 7-turida "Tottenhem" mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp uchrashuvdagi hakamlik va munozarali vaziyatlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Germaniyalik mutaxassis o'z futbolchilaridan faxrlanishini, biroq bugungidek adolatsiz va tushunarsiz qarorlarga boy o'yinni ilgari hech qachon ko'rmaganini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida bosh hakam Saymon Huper "Liverpul"ning ikki futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatdi. Avvaliga Kertis Jons qo'pol o'yin uchun maydondan chetlatilgan bo'lsa, keyinchalik Diogu Jota ikkita sariq kartochka olib jamoadoshiga ergashdi. Kloppning so'zlariga ko'ra, Jonsning vaziyatida takroriy lavha sekinlashtirilgan holatda boshqacha ko'rinish olishini, aslida u to'pga to'liq tezlikda borib, unga tekkanidan so'ng oyoq ostidan o'tib ketganini va bu shunchaki omadsizlik ekanligini aytdi. Shuningdek, Jota dastlabki sariq kartochkani umuman olmasligi kerak edi, maydonda sakkiz nafar maydon o'yinchisi bilan himoyalanish esa juda og'ir kechdi.

Mersisaydliklar uchrashuvda yana bir muammoga duch kelishdi. Luis Dias kiritgan gol ofsayd bahonasi bilan hisobga olinmadi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, o'sha vaziyatda hech qanday o'yindan tashqari holat bo'lmagan va hakamlar chiziqlarni noto'g'ri o'tkazishgan. Bunday xatolarni qabul qilish va ular bilan kelishish juda qiyinligini qo'shimcha qildi.

Ushbu mag'lubiyat "Liverpul" uchun qimmatga tushdi. Jamoa APL turnir jadvalida yaqqolpeshqadamga aylanish imkoniyatini boy berib qo'ydi. Hozirda ularning hisobida 16 ochko mavjud bo'lib, jamoa turnir jadvalining to'rtinchi o'rnini egallab turibdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin