
Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

O‘zbekiston futbol terma jamoasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining ilk turida Filippinni 5:1 hisobida yengib, guruhda peshqadamga aylandi.
Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshladi. Musobaqaning C guruhidan o‘rin olgan ilk tur uchrashuvida vakillarimiz Filippin termasiga qarshi bahs olib bordi va yirik hisobda ustun keldi.
Nagoya shahrida kechgan uchrashuv O‘zbekiston jamoasining to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va yakunda 5:1 hisobida yakunlandi. G‘oliblar safida Saidumarxon Saidnurullaev raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritib, dubl muallifiga aylandi. Uning gollari 60 va 71-daqiqalarga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, uchrashuv davomida Muhammadali O‘rinboev 30-daqiqada, Ro‘ziboy Fayzullaev 73-daqiqada hamda Muhammadali Reimov 80-daqiqada bittadan gol urib, jamoasining yirik g‘alagasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Filippin terma jamoasining yagona goliga 62-daqiqada Martin Merino mualliflik qildi. Shuningdek, Filippin jamoasi uchrashuvning 48-daqiqasidayoq futbolchisi Gavin Muensning qizil kartochka olib maydonni tark etishi sababli qolgan daqiqalarni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Guruhdagi yana bir bahsda Vyetnam va Kuvayt termalari o‘zaro kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Ushbu natijalardan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi uch ochko jamg‘argan holda o‘z kvartetida yakka tartibdagi peshqadamga aylandi.
Ma’lumot uchun, Aziada-2026 erkaklar futbol turnirida jami 15 ta terma jamoa to‘rtta guruhga bo‘lingan holda kurash olib bormoqda. Reglamentga ko‘ra, har bir guruhdan eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikkitadan jamoa pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi. Turnirdagi barcha jamoalar asosan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan bo‘lib, qoidaga ko‘ra har bir terma jamoa tarkibiga yana uch nafar yoshi kattaroq o‘yinchini ham kiritishga ruxsat berilgan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Maks Ferstappen 2023 yilda poygachilar ichida eng ko'p daromad topgan sportchi bo'ldi.
0 0

Niderlandiyalik poygachi Richard Fershor 2024 yilgi Formula 2 mavsumida "Trident" jamoasi safida harakat qiladi.
0 0

Karlos Sayns o‘tgan mavsum natijalari, Singapurdagi g‘alaba, Red Bull ustunligi va kelgusi rejimlari haqida gapirdi.
0 0

Parij sudi PSG klubiga 2025 yilda hisob raqamlari muzlatilgani uchun Kilian Mbappega yirik miqdorda tovon toʻlash majburiyatini yukladi.
0 0