
Oskar Piastri Ozarbayjon Gran-prisida g'alaba qozondi, Sharl Lekler va Jorj Rassell kuchli uchlikka kirdi.
0 0

Konor MakGregor Islom Maxachev va Charlz Oliveyra jangi haqida fikr bildirib, o'zining keyingi rejalarini ma'lum qildi.
UFC tashkilotining ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor MakGregor yaqinlashib kelayotgan Islom Maxachev hamda Charlz Oliveyra o'rtasidagi jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Mazkur to'qnashuvda engil vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari o'z egasini topishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislardan biri irlandiyalik yulduzdan bo'lajak bahsda kim g'alaba qozonishini taxmin qilishni so'radi. Unga javoban Konor qisqacha tarzda Oliveyra ustun kelishini yozib qoldirdi.
Braziliyalik jangchini favorit deb bilishiga qaramamay, Makgregor o'zining ushbu raqibni nokautga uchrata olishiga umuman shubha qilmasligini qo'shimcha qildi. U o'z bayonotida faoliyati davomida to'qnash kelgan barcha braziliyaliklarni nokaut qilganini va Charlzni ham shunday taqdir kutishini ta'kidlab o'tdi.
Shunga qaramasdan, sobiq ikki karra chempion o'zining navbatdagi jangini yengil vazn divisonida emas, balki yarim o'rta vaznda o'tkazish niyatida ekanini ma'lum qildi. U bu boradagi rejalari aniqligini yozib qoldirdi.
Ma'lumot uchun, Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi 22 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 280 musobaqasining asosiy voqeasi maqomida o'tkaziladi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Oskar Piastri Ozarbayjon Gran-prisida g'alaba qozondi, Sharl Lekler va Jorj Rassell kuchli uchlikka kirdi.
0 0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning yangi kursini e'lon qildi, unga ko'ra dollar kursi 11 890 so'mdan pastga tushdi.
0 0

Qozog'istondagi Osiyo chempionatida o'q otish sportchilarimiz yana 7 ta medalni qo'lga kiritib, umumiy hisobni boyitdi.
0 0

Oʻzbekiston Xitoydan Jet A-1 aviayoqilgʻisini xarid qiladi va Andijon Xitoyning Haykou shahri bilan qardoshlik aloqalarini oʻrnatdi.
0 0