UzGoal
Sport Yangiliklari

Yoshlar bandligi va ta’limi muhokama qilindi 🇺🇿

2 daqiqa 0
Telegram
Yoshlar bandligi va ta’limi muhokama qilindi 🇺🇿

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalari muhokama…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlatimizning kuchli ijtimoiy siyosatida yosh avlodni sifatli o‘qitish, kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish doimiy e’tibor markazida turibdi. Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilib, turli madaniy tadbirlar hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” tashkil etib kelinmoqda.

Xabaringiz bor, 21-fevral kuni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlangan edi. Mazkur hujjatda yoshlarning muammolarini hal etish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish orqali bandlikni ta’minlash vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, joriy yilda 925 ming nafar yigit-qizni ishga joylashtirish, shuningdek, kollej, texnikum va oliygohlarni tamomlaydigan 300 ming nafar bitiruvchini band qilish masalalari muhokamaning markazida bo‘ldi.

Yig‘ilishda yoshlar tadbirkorligini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘larning kamida 40 foizi aynan yoshlar loyihalariga yo‘naltiriladi. “Yosh tadbirkor” tanlovlari g‘oliblari xorijga malaka oshirishga yuboriladi. Yangi sanoat loyihalarida 100 ming, xizmat ko‘rsatish sohasida 150 ming hamda o‘zini o‘zi band qilish va ish o‘rinlarini legallashtirish orqali yana 200 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Raqamli texnologiyalar sohasi istiqbolli yo‘nalish sifatida qayd etilib, davlat dasturida “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Axborot texnologiyalari yo‘nalishida 70 ming nafar yoshni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun qobiliyatli yoshlarni saralab olish va ularga xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni rag‘batlantirish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida bir million bolaga tillar bepul o‘rgatilishi, maktablardagi bo‘sh binolar repititorlarga tekin ijara asosida berilishi ma’lum qilindi. Xususiy kurslarda o‘qib C1 darajasini olganlarga o‘qish xarajatlari qoplab beriladi, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillaridan B2 darajasini qo‘lga kiritganlarga esa nafaqat imtihon topshirish, balki olti oylik o‘qish to‘lovi ham qoplab berilishi belgilanib, bu yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘lishi ta’kidlandi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin