UzGoal
Sport Yangiliklari

"Neftchi" Osiyo Chempionlar ligasida g'alaba qozondi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
"Neftchi" Osiyo Chempionlar ligasida g'alaba qozondi ⚽

Farg'onaning "Neftchi" klubi OFK Elit Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsum ilk turida o'z uyida Iroqning "Eyr Fors" jamoasini mag'lub etdi.

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsum asosiy bosqichidagi ilk uchrashuvida zafar quchdi. O'zbekistonning amaldagi chempioni o'z maydonida Iroq vakili "Eyr Fors" jamoasini qabul qilib, minimal 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

Bellashuvning taqdirini hal qilgan yagona to'p o'yin yakunlanishiga oz qolganda, aniqrog'i 83-daqiqada kiritildi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Zoran Marushich raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Unga bu vaziyatda Kofi Frank Kuao chiroyli pas oshirib berdi.

Mazkur o'yin farg'onaliklar uchun qit'aning bosh klublar turnirida uzoq tanaffusdan keyingi qaytish bo'ldi. Jamoa oxirgi marta xalqaro miqyosdagi ushbu musobaqada 2012 yilda ishtirok etgandi.

Joriy mavsumda O'zbekiston chempioni sifatida "Neftchi" OFK Elit Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga ilk bor to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin