UzGoal
Sport Yangiliklari

Stiv Balmer NBA qarorini qabul qildi 🏀

1 daqiqa 0
Telegram
Stiv Balmer NBA qarorini qabul qildi 🏀

Los-Anjeles Klippers xo‘jayini Stiv Balmer NBA tomonidan moliyaviy qoidabuzarliklar uchun tayinlangan jazoga qarshi chiqmasligini e’lon qildi.

"Los-Anjeles Klippers" klubi va NBA rasmiylari o‘rtasidagi yirik mojaro yakuniga yetib bormoqda. Mustaqil tergov jarayonida klub yulduz basketbolchi Kavay Leonardga maoshlar chegarasini chetlab o‘tgan holda noqonuniy to‘lovlar amalga oshirgani aniqlangan edi. Liganing ta’kidlashicha, Klippers tashkilotida qoidabuzarliklar va intizomsizlik tizimli tus olgan bo‘lib, jamoa ilgari ham moliyaviy cheklovlarni buzgani qayd etilgan. Natijada liga rahbariyati klubga nisbatan keskin sanksiyalar qo‘lladi.

Jazoga ko‘ra, jamoa kelgusida beshta birinchi raund draft huquqidan mahrum qilindi, o‘ttiz million dollar miqdorida jarimaga tortildi va klub xo‘jayini Stiv Balmer bir yilga barcha faoliyatdan chetlatildi. Dastlab bu qarorga qarshi chiqib, sud orqali apellyatsiya bermoqchi bo‘lgan Balmer yakshanba kuni o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. U rasmiy bayonot e’lon qilib, liga tomonidan belgilangan jazolarga bo‘ysunishini va apaslyatsiyadan voz kechishini ma’lum qildi.

Balmer o‘z bayonotida yuzaga kelgan vaziyat uchun muxlislar, xodimlar va boshqa jamoa xo‘jayinlaridan chin dildan afsusda ekanini bildirgan. Asosiy egasi sifatida u bu tartibsizliklar uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi. Shuningdek, jarima to‘langani, liganing barcha talablari bajarilgani va jamoa bu sahifani yopib, oldinga qarab qadam tashlayotgani ma’lum qilindi. Hisobotdagi ayrim xulosalar bo‘yicha e’tirozlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, asosiy e’tibor jamoaning kelajagiga qaratilishini qayd etdi.

Ushbu diskvalifikatsiya tufayli Stiv Balmer 2026-27 yilgi NBA mavsumini to‘liq chetda o‘tkazadi. U mavsum davomida "Klippers" ishtirokidagi barcha tadbirlar, jumladan, muntazam mavsum o‘yinlariga ham tashrif buyura olmaydi. Shunga qaramay, klub rahbariyati va tarkibi oldinda turgan qiyinchiliklarni yengib o‘tib, yuqori saviyada raqobat qilishda davom etishiga va jamoa jamoatchilik faxrlanadigan tashkilotga aylanishiga ishonch bildirdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin